Google Photos ishlab chiquvchilari jamoasi foydalanuvchi yoki uning do‘stlarini mashhur internet hazillarga avtomatik tarzda joylashtiradigan vositani tayyorlamoqda, deya xabar bermoqda Android Authority.
Mutaxassislar fotoxizmatning 7.51.0 versiyasi kodida ushbu imkoniyatni aniqlaganlar. Hozircha bu funksiya oddiy foydalanuvchilar uchun mavjud emas, ammo uning qanday ishlashi allaqachon ma’lum bo‘lgan.
Yaratuvchilar uni Me Meme deb atashdi, biroq keyinchalik nomi Meme Me ga o‘zgartirilishi mumkin. Ishlash tamoyili quyidagicha: kerakli shablon tanlanishi, foydalanuvchi o‘zining yoki tanish odamining fotosuratini yuklashi kerak va neyrotarmoq yuzning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilib, ularni rasmga joylaydi.
Qayd etilishicha, tayyor natijani darhol guruh chatiga yuborish yoki ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish mumkin.
Xizmat to‘g‘ri ishlash uchun bir nechta texnik shartlar mavjud. Avvalo, asl suratni bulutli xotiraga sinxronlash kerak — busiz generatsiya ishga tushmaydi, chunki qayta ishlash kompaniya serverlarida amalga oshiriladi.
Tizim yuzni aniq va begona obyektlarsiz ko‘rinadigan selfi olishni tavsiya qiladi: algoritm belgilarni aniqroq taniydi va ularni shablonga sifatliroq joylashtiradi. Kam yoritilgan yoki xiralashtirilgan kadrlar noto‘g‘ri natija berishi mumkin.
Avvalroq Spot Google Gemini asosida matn yozish uchun “repetitor"ni taqdim etgani haqida yozgandi.
Sun’iy intellekt yordamchisi mavzular taklif qiladi, yozilgan insholarni tekshiradi va tuzatishlar kiritadi.
