O‘tgan yil sentabr oyida Yandex Uzbekistan aqlli kolonkalarda o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlaydigan ikki tilli SI-assistenti Alisani taqdim etdi. Shundan buyon Alisadan o‘zbek tilida foydalanish ko‘rsatkichlari barqaror ravishda oshib bormoqda.

Kompaniyaning anonim va umumlashtirilgan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi oyda ikki tilli Alisaning har uchinchi javobi aynan o‘zbek tilida yangragan. O‘tgan yilning dekabr oyida esa bir foydalanuvchiga kuniga o‘rtacha 24 tagacha Alisaning o‘zbek tilidagi javobi to‘g‘ri kelgan.

alisa, reklama, yandex

Alisadan o‘zbek tilida foydalanishning eng mashhur ssenariylari orasida taxminan 35%ini kontentni ijro etish va boshqarish tashkil etadi. Foydalanuvchilar musiqa, audiokitoblar, bolalar uchun ertaklar va podkastlarni yoqishadi. Ikkinchi o‘rinda erkin muloqot turadi: taxminan 29% suhbatlarda Alisa turli mavzularda dialogni davom ettiradi. Uchinchi o‘rinda esa faktik savollarga javob berish va ma’lumot qidirish joylashgan (taxminan 11%). Bu holatlarda Alisa ma’lumotlarni aniqlashtiradi, faktlarni tekshiradi va atamalarning ma’nosini tushuntiradi. Masalan, u o‘quv topshiriqlarini bajarishga yordamlashadi yoki internetdan bosqichma-bosqich pishirish retseptlarini topib beradi.

Shuningdek, TOP-5 o‘zbek tilidagi ssenariylar qatoriga ob-havo haqida ma’lumot berish va vaqtni boshqarish ham kiradi. Masalan, Alisa budilniklar, taymerlar va eslatmalarni o‘rnatadi, bu esa kundalik rejalashtirishga va muhim ishlarni unutmaslikka yordam beradi.

“Biz Alisaning o‘zbek tilida foydalanuvchilarning kundalik hayotining tabiiy qismiga aylanib borayotganidan xursandmiz. U foydalanuvchining ovozini eslab qoladi va uning qiziqishlarini inobatga oladi, shuning uchun vaqt o‘tishi bilan muloqot yanada shaxsiylashib boradi. Alisa har kuni uy yumushlarida yordam beradi, sevimli musiqa bilan kayfiyatni ko‘taradi va bolalarni ertaklar bilan band qiladi. Biz uchun bularning barchasi ona tilida ham mavjud bo‘lishi juda muhim”, — deydi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.

Reklama huquqlari asosida.