Toshkent aeroportida Xitoyda ishlab chiqarilgan Robo Coffee ish boshladi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, ushbu robotlashtirilgan kofe burchagi nafaqat aeroportda, balki butun O‘zbekistonda birinchi hisoblanadi.

Robot-barista tanlangan qahvaga qarab 1,5 daqiqadan 3 daqiqagacha ichimlik tayyorlaydi. Menyuda 20 ga yaqin ichimlik turlari mavjud.

Qayd etilishicha, isteʼmolchilar maxsus dizaynli ichimlik — inson surati tushirilgan qahva buyurtma qilishi mumkin.

To‘lov naqd pul, bank kartasi va to‘lov tizimlari orqali qabul qilinadi.

Avvalroq Toshkent aeroportida tunda elektr ta‘minoti 20 daqiqaga uzilgandi.