TikTok jamoaviy sud da’vosini hal qildi, deya xabar bermoqda The New York Times nashri.

Unda ijtimoiy tarmoqlarni boshqaruvchi kompaniyalar mahsulotlarini qasddan odatlantiruvchi qilib yaratib, foydalanuvchilarga zarar yetkazgani aytilgan.

Snap kompaniyasi esa ishni o‘tgan hafta hal qilgan, ammo boshqa javobgarlar — Meta va YouTube endi sudga chiqadi, va seshanba kuni sud hay’ati tanlovi boshlanadi.

Ushbu ishning markazida KGM (ismi qisqartirilgan) nomi bilan tanilgan 19 yoshli da’vogar qiz turibdi. Bu ijtimoiy platformalarga qarshi bir qator shunday sud da’volaridan birinchisi hisobalanadi.

Kutilishicha, Meta bosh direktori Mark Sukerberg va YouTube rahbari Nil Mohan guvohlik berishi, bu esa boshqa o‘nlab ishlar uchun pretsedent bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, ishni hal qilish TikTok va Snap’ning ayblovlarni tan oldi degani emas. Aksincha, ular da’vogar bilan suddan tashqari kelishuvga erishgan, lekin kelishuv shartlari ma’lum emas.

Reuters nashri TikTok Yevropada 13 yoshdan kichik bolalarning hisoblarini o‘chirishi haqida yozgandi.

Yaqin haftalar ichida TikTok butun Yevropa bo‘ylab yoshni aniqlashning yangi texnologiyasini joriy etishni boshlaydi.


Avvalroq Google foydalanuvchilarni yashirincha eshitgani uchun $68 mln to‘lashi haqida xabar berilgandi.

Kompaniya Google Assistant faollashtirilgach, shaxsiy suhbatlarni noqonuniy ravishda yozib olish va ularni maqsadli reklama uchun tarqatishda ayblanmoqda.