Avvalroq hukumat qarori bilan “Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan, hukumatning oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan taʼlim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan taʼlim yo‘nalishlariga qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75%i miqdorida ball beriladi.
B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Ilgari mazkur yo‘nalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.

Avvalroq qishki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlangani haqida xabar berilgandi.