Microsoft Windows va macOS uchun Excelning desktop versiyalarida to‘laqonli sun’iy intellekt agentini ishga tushirdi. Bu haqda Rozetked nashri xabar berdi.

Oddiy chat-botdan farqli o‘laroq, yangi vosita avtonom ravishda ishlaydi: foydalanuvchi maqsad qo‘yadi, tizim esa o‘zi harakatlar rejasini tuzadi va faylni kontent bilan to‘ldiradi.

Agent formulalardagi xatolarni tuzatish, ma’lumotlarni tartibga solish va internetdan dolzarb axborotni topish qobiliyatiga ega.

Ushbu rejimning o‘ziga xos xususiyati — aniq hisob-kitoblar uchun OpenAI GPT-5.2 yoki murakkab mantiqiy masalalarni yechish uchun Anthropic Claude Opus 4.5 tanlash orqali turli til modellari orasida almashtirish imkoniyatidir.

Bu funksiya Microsoft 365 Copilot-ning tijorat va iste’molchi litsenziyalari egalariga allaqachon taqdim etilgan.

Biroq, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Buyuk Britaniyada esa yangilanish vaqtincha mavjud emas.

Microsoft 14-oktabrdan boshlab Windows 10'ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.

Foydalanuvchilarga operatsion tizimni Windows 11'ga yangilash tavsiya etiladi, deyiladi kompaniya xabarida.

Bu seshanba kunidan boshlab dasturiy ta’minot yangilanishlari va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, texnik yordam ko‘rsatilmasligini anglatadi.

Windows 10 ishlashni to‘xtatmasa-da, ushbu operatsion tizim versiyasiga ega kompyuterlar dasturiy ta’minot va xavfsizlik tizimlarini keyingi yangilashlarsiz viruslar va zararli dasturlar bilan zararlanishga ko‘proq moyil bo‘ladi.