Banklardagi mikroqarzlar: 2026-yil yanvar oyi bo‘yicha
Kredit muddati uch oydan besh yilgacha, miqdori esa 1 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha bo‘ladi. Foiz stavkalari kreditning muddatiga qarab o‘zgaradi.
Soliq qo‘mitasi, Davaktiv agentligi va IIV — Shavkat Mirziyoyev korrupsiya uchun kimlarni ishdan oldi?
Ular orasida Mubin Mirzayev, Akmalxon Ortiqov, Bekmurod Abdullayev, Rustam Tursunov, Xotam Qodirov va boshqalar bor.
O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
Spot fevral oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

Pipls tarmog‘i rahbari va hammuassisi Amir Usmanxodjayev tavsiya qilgan 5 ta kitob
Amir Spot’ga tadbirkorlik, moliya va masshtablash bo‘yicha kitoblar uning fikrlashini va boshqaruv qarorlarini shakllantirishda qanday rol o‘ynaganini ochib berdi.
Xorijda ta’lim: AQSHda grant asosida ta’lim olayotgan Azizjon Rahimov hikoyasi
Azizjon Rahimov Spot’ga ta’lim jarayoni, grant dasturlari, “sehrli” mamlakat ortidagi hayot, ta’lim tizimi hamda yashash imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Haj va Umraga borish uchun yangi tartib: endi faqat yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Hajga boruvchi fuqarolar uchun yagona elektron navbat, Umraga boradigan ziyoratchilar uchun esa elektron ro‘yxat joriy etildi. - Toshkentda kiberjinoyatlar soni bir yilda 16 mingdan oshdi, aholi qariyb 2 trln so‘m zarar ko‘rdi.
Prezident moliya tashkilotlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kiberjinoyatlarga qarshi choralarni ko‘rish borasidagi sustkashligini tanqid qildi. - O‘zbekneftgazda katta taftish: sobiq rais Bahodirjon Sidiqov qamoqqa olingani aytilmoqda.
OAV xabariga ko‘ra, u davlat mablag‘larini talon-toroj qilish va boshqa korrupsiyaviy jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Tergovni DXX olib bormoqda. - Mobil aloqa abonentlari telefon raqamlarini bir yilgacha bepul saqlashlari mumkin.
Shuningdek, abonentlar amaldagi tarif rejasini boshqa tariflarga bepul almashtirish imkoniga ega bo‘ladi. - “Aviachiptalar narxi me’yorida va raqobatbardosh” — Uzbekistan Airways rahbari.
Shuhrat Xudayqulovning ta’kidlashicha, aviakompaniya bozordagi raqobat tufayli chiptalar narxini o‘zi belgilay olmaydi. - Markaziy bank so‘m denominatsiyasi va yangi kupyuralar chiqarishni rejalashtirmayapti.
Regulyator pul muomalasida aholi va biznesni bezovta qilayotgan masalalarni o‘rganishni boshlagan. Bunday qarorlar faqat inflyatsion targetga erishilgach va chuqur tahlillar asosida ko‘rib chiqilishi mumkin. - Yangi Bank omonatchilariga kompensatsiya to‘lovlari boshlandi.
Kafolatlangan omonatlar bo‘yicha to‘lovlar Biznesni rivojlantirish banki orqali amalga oshirilib, jami 31,5 mingdan ortiq omonatchiga 208 mlrd so‘m to‘lab berilishi rejalashtirilgan. - Humans O‘zbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda.
Yanvar oyida uch kishidan iborat arbitraj tarkibi tuzildi. Kompaniya qaror chiqarilgunga qadar ta’minot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. - Xitoydan O‘zbekistonga mandarin va ananas importi uchun vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi.
Taqiq mamlakatdan import qilinayotgan mandarin va ananas mevalarida zararli organizmlar aniqlanganligi sababli joriy qilinmoqda. - “Javob bitta — YOIIga qo‘shiling”: bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekistonning Rossiya bilan savdo nizolari haqida.
Lift ishlab chiqaruvchisi Rossiya renovatsiya dasturlariga faqat YOIIga a‘zo mamlakatlar kompaniyalariga ruxsat berayotganidan shikoyat qildi.




