Avvalroq hukumatning majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Hujjatda raqamli markirovkalash majburiy bo‘lgan maishiy texnika turlarining yangilangan ro‘yxati berilgan. Undan 9 ta toifadagi tovarlar to‘liq chiqarib tashlandi, yana 10 ta toifa bo‘yicha TIF TNkodlariga aniqliklar kiritildi.

Xususan, telefon va smartfonlar, radiopriyomniklar, elektron tarozi, elektr ustara, idish-tovoq yuvish mashinasi, mikrofon va ovoz yozish texnikasi uchun markirovkalash talabi bekor qilinmoqda.

Ro‘yxatdan chiqarilgan elektr jihozlari turlarining to‘liq ro‘yxati quyidagi jadvalda keltirilgan:


Tovar toifasi
TIF TN kodlari guruhi
1
Idish yuvish mashinalari, qadoqlash va o‘rash texnikasi
8422
2
Elektron tarozilar
8423
3
Elektr ustara va soch olish mashinkalari
8510
4
Mikrofonlar, quloqchinlar, dinamiklar
8518
5
Ovoz yozish uskunalari
8519
6
Video yozish va namoyish qilish uskunalari, DVD-pleyerlar
8521
7
Telefonlar va smartfonlar
8525
8
Radiopriyomniklar
8527
9
Elektr yoritish asboblari
9405

Bundan tashqari, markirovkalash amal qiladigan boshqa toifalar bo‘yicha tovarlar doirasi qisqartirildi. Ular orasida iqlim va isitish texnikasi, oshxona jihozlari, changyutgichlar va boshqalar bor.


Tovar toifasi
TIF TN kodlari guruhi
1
Gaz plitalar (duxovkasi bilan yoki duxovkasiz)
7321 11 1000, 7321 11 9000
2
Cho‘yan quymadan yasalmagan markaziy isitish qozonlari
8403 10 9000
3
Havo so‘ruvchi moslamalar va shkaflar
8414 60 0000
4
Maishiy va sanoat konditsionerlari
8415 10 1000, 8415 10 9000, 8415 81 0010, 8415 81 0090, 8415 82 0000
5
Sovutgichlar va muzlatgichlar
8418 10 2001, 8418 10 2009, 8418 10 8001, 8418 10 8009, 8418 21 1000, 8418 21 5100, 8418 21 5900, 8418 21 9100, 8418 21 9900, 8418 29 0000, 8418 30 2001, 8418 30 8001, 8418 40 2001, 8418 40 8001
6
Kir yuvish mashinalari
8450 11 1100, 8450 11 1900, 8450 11 9000, 8450 12 0000, 8450 19 0000, 8450 20 0000
7
Changyutgichlar
8508 11 0000, 8508 19 0001, 8508 19 0009
8
Sharbat siqgichlar, mikserlar, blenderlar
8509 40 0000
9
Suv isitgichlar
8516 60 1010, 8516 60 1090, 8516 60 5000, 8516 60 7000, 8516 60 8000, 8516 60 9000, 8516 10 1100, 8516 31 0000, 8516 40 0000, 8516 50 0000
10
Televizorlar, monitorlar, proyektorlar
8528 49 1000, 8528 49 8002, 8528 49 8008, 8528 59 1000, 8528 59 9000, 8528 72 2001, 8528 72 2009, 8528 72 3001, 8528 72 3002, 8528 72 3003, 8528 72 3009, 8528 72 4000, 8528 72 6000

Boshqa tomondan, ro‘yxatga ba‘zi turdagi yoritish elementlari va elektron komponentlar kiritildi:

  • fuqaro aviatsiyasi uchun lampalar bundan mustasno, yo‘naltirilgan yorug‘likning germetik lampalari (8539 10 0009);
  • LED chiroqli modullar (8539 50 0000);
  • elektron lampalar va naychalar (8540810000, 8540890000).

2025-yil oktabrida hukumat majburiy raqamli markirovka qilinishi shart bo‘lgan tovarlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritdi. Undan TIF TN kodi 8539 va 8540 bo‘lgan yoritish lampalari chiqarib tashlandi. Shu bilan bir vaqtda, joriy yil boshidan elektr akkumulyatorlari va ularning separatorlari uchun markirovkani (TIF TN 8507) joriy etish rejalashtirilgan edi.

Hukumat 2022-yil aprelida maishiy elektrotexnikaning boshqa turlari qatori lampalar uchun ham raqamli markirovkani joriy etgan edi. U o‘sha yilning 1-noyabridan boshlab majburiy bo‘lishi kerak edi, shundan so‘ng markirovkasiz tovar qoldiqlarini sotish uchun 9 oylik muddat berilgandi.

Avvalroq Hofmann brendidan noqonuniy foydalangan korxona jarimaga tortilgandi.