Apple kvadrat shakldagi buklanuvchan iPhone ustida ish olib bormoqda, deya xabar berdi Bloomberg nashri.

Bu qurilma kompaniyaning “buklanuvchan” smartfonlar qatoridagi ikkinchi model bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, birinchi buklanadigan iPhone 2026-yilning kuziga qadar bozorda paydo bo‘ladi.

Shu bilan birga, kompaniya allaqachon qurilmaning keyingi versiyasi ustida ishlamoqda, deb yozadi Bloomberg sharhlovchisi Mark Gurman.

Apple’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, yig‘iladigan iPhone’ning birinchi modeli “yetarlicha muvaffaqiyatli” bo‘ladi va ushbu toifadagi qurilmalarga talabni shakllantiradi.

Kompaniya xaridorlarga “razkladushka"larning bir nechta versiyasini taklif qilmoqchi, ular hajmi bo‘yicha farq qiladi.

Ikkinchi model ancha ixchamroq kvadrat shaklidagi “buklanadigan” telefon bo‘lishi mumkin. Biroq, bu qurilmani bozorga chiqarish haqidagi yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Gurmanning ta’kidlashicha, Apple kompaniyasi “katta o‘lchamli” buklanadigan iPad ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch keldi va hozircha bu loyihadan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi buklanadigan iPhone bir-biriga ulangan ikkita iPhone Air’ga o‘xshash bo‘ladi. Qurilma ikkita orqa, bitta old va yana bitta “ichki” kameraga ega bo‘lishi mumkin.

SIM-karta uchun ulagich bo‘lmaydi, Face ID o‘rniga esa Touch ID qaytariladi. Turli baholashlarga ko‘ra, qurilmaning narxi $1800 dan $2500 gacha bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Apple birinchi buklanadigan iPhone’ni sentabrda chiqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Buklanadigan iPhone uchun egiluvchan OLED-panellarni ishlab chiqarish may oyida boshlanadi.