O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

5-fevraldan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 265,77 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 7 so‘m 39 tiyinga oshdi.

Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda yanvar oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

Milliy valyuta ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan arzonlashdi va 300 so‘m yo‘qotdi. Yanvar oyida dollar 1,45% ga qimmatlashdi.

2025-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari qariyb $19 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi.

Mamlakatga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 27,2% ga oshib, $18,9 mlrdni tashkil etdi. Bunga asosan rubl kursining mustahkamlanishi va migrantlar oqimining ko‘payishi ta’sir qildi.