Avvalroq prezident urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev yig‘ilishda 2025-yilda 106,5 mingta yangi kvartira qurilib, foydalanishga topshirilgani, bu O‘zbekistonning zamonaviy tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanini ta’kidladi.

“Tabiiy o‘sish uchun bizga 93,5 mingga yaqin xonadon yetishmayapti. 2040-yilgacha kishi boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni ko‘rsatkichini 23 kv.metrga yetkazishimiz uchun 280 ming xonadongacha chiqishimiz kerak. Biz o‘z oldimizga ushbu marrani qo‘ydik va unga erishamiz. O‘tgan yili 106,5 mingta xonadon kadastrdan o‘tkazildi”, — dedi u.

prezident, qurilish, sherzod kudbiyev, urbanizatsiya, uy-joy qurilish

Kudbiyevning so‘zlariga ko‘ra, prezident farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan asosiy yangiliklardan biri uy-joy qurilishi dasturlarini rejalashtirish bo‘ladi. Yangi tizim aniq muddatlarga bog‘langan holda qurilishni batafsil rejalashtirishni nazarda tutadi, shuningdek, qurilish loyihalarini tashabbus qilish va kelishish tartibini belgilaydi. Budjet jarayoni kabi 3 yillik prognoz ishlab chiqiladi.

Prognozga ko‘ra, 2026-yilda 140 ming, 2027-yilda 150 ming, 2028-yilda 160 ming xonadonli yangi uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda qurilishga ruxsat olish tezlashtirilishi haqida yozgandi.