Coinmarketcup ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 18:17 da bitkoin kursi 69,374 mingni tashkil etmoqda. Bir kun ichida narx deyarli 9% ga tushdi.
So‘nggi marta bitkoin kursi 2024-yil noyabr oyi boshida, Donald Tramp AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin $70 mingdan pastga tushgan edi.
2025-yilda kriptovalyuta bir necha bor qiymat rekordlarini o‘rnatdi. Oktabr oyidagi eng yuqori cho‘qqida narx $126 mingga yetgan, ammo keyin pasayishni boshlagan.
Bloomberg bilan suhbatlashgan tahlilchilar bozorda “ishonch inqirozi” haqida gapirishmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, investorlar fond bozorlaridagi beqarorlik fonida “bitkoinning boshpana sifatidagi roli"ga shubha qila boshlagan.
Bitkoin izidan boshqa kriptovalyutalar ham qiymatini yo‘qotmoqda. Ethereum 7,95%, BNB 9,8%, XRP 14,2%, Solana esa 7,2% ga tushdi.
Coinglass ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka ichida investorlar turli xil tangalarni taxminan $722 mln miqdorida sotishgan.
Qayd etilishicha, butun kriptovalyuta bozorining umumiy qiymati $2,3 trlngach pasaydi.
Avvalroq Pavel Durov bitkoin narxi $1 mlngacha yetishi mumkinligi haqida aytgandi.
Telegram asoschisi 2013-yilda bitkoinlar sotib olganini ma’lum qilib, vaqt o‘tishi bilan bitkoin kursining $1 mlngacha ko‘tarilishiga ishonch bildirmoqda.

