O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

6-fevraldan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 279,48 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 13 so‘m 71 tiyinga oshdi.

Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda yanvar oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

Milliy valyuta ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan arzonlashdi va 300 so‘m yo‘qotdi. Yanvar oyida dollar 1,45% ga qimmatlashdi.

2025-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari qariyb $19 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi.

Mamlakatga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 27,2% ga oshib, $18,9 mlrdni tashkil etdi. Bunga asosan rubl kursining mustahkamlanishi va migrantlar oqimining ko‘payishi ta’sir qildi.