Dasturga ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 20-fevralga qadar ochiq. Technovation Girls Uzbekistan loyihasi Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Yandex Uzbekistan kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Dastur ishtirokchilari ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan mobil ilovalar, sun’iy intellekt (AI) loyihalari va startaplar ustida ishlaydi. Loyihalar mavzulari iqlim o‘zgarishi, daraxtlarni kesish, maktablarda bulling, nogironligi bo‘lgan insonlarga yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarni qamrab olagan. Barcha bosqichlarda qizlar IT, biznes, dizayn, pedagogika va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan tajribali mentorlar va ekspertlarning qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘ladilar.
Dasturda ishtirok etish uchun qizlar va mentorlar Technovation xalqaro tanlovining rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

O‘quv dasturi uch oy davom etadi va ishtirokchilarga dasturlash asoslari, sun’iy intellekt, tadbirkorlik va dizayn-tafakkurni o‘rgatish, shuningdek jamoada ishlash va omma oldida chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu yilgi mavsumda ta’lim asosan AI yo‘nalishi va startap biznes-modellarini o‘rganishga qaratilgan. Samarali va qulay o‘quv jarayoni uchun ingliz tilini bilish muhim hisoblanadi.
Ta’limning asosiy qismi onlayn formatda o‘tib,O‘zbekistonning barcha hududlaridagi qizlar uchun ishtirok imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, oflayn treninglar va seminarlar olti shaharda — Toshkent, Andijon, Qarshi, Namangan, Nukus va Farg‘onada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Uchinchi yildirki, Yandex Uzbekistan kompaniyasi dastur ishtirokchilariga amaliy ekspertlik qo‘llab-quvvatlovini taqdim etib kelmoqda. Kompaniya xodimlari jamoalarga mentor sifatida hamroh bo‘lib, tezkor ko‘rib chiqish sessiyalarini o‘tkazadilar. Bu jarayon qizlarga o‘z loyihalarini takomillashtirish va professional fikr-mulohazalar olish imkonini beradi. Shu bilan birga, ushbu mavsumda Yandex Uzbekistan AI Week — zamonaviy sun’iy intellekt vositalari, g‘oya generatsiyasi va texnologiyalarni loyihalarda qo‘llashga bag‘ishlangan ta’limiy tadbirlar seriyasini tashkil etadi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, ishtirokchilar mustaqil ravishda yoki koordinatorlar yordamida 2 nafardan 5 nafargacha bo‘lgan jamoalarga bo‘linib, a mentor tanlaydi. Jamoalar bir shahar yoki turli shaharlardan bo‘lishi mumkin, uchrashuvlar onlayn yoki oflayn tarzda o‘tkaziladi. May oyida loyihalar himoyasi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Asosiy nominatsiyadan tashqari, Yandex Uzbekistan tomonidan maxsus mukofotlar ham taqdim etiladi. Xalqaro finalga yo‘l olgan jamoalar Hindistonda bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda dunyoning eng yaxshi 15 jamoasi safida o‘z loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Technovation Girls — har yili dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida o‘tkaziladigan xalqaro texnologik dasturdir. O‘zbekistonda o‘n yil davomida amal qilayotgan ushbu dastur davomida mamlakatning turli hududlaridan 5000 nafardan ortiq qiz ishtirok etgan. Ular jami 445 ta texnologik loyiha ishlab chiqib, ijtimoiy muammolarni hal etishga hissa qo‘shgan. O‘zbek qizlari Osiyo mintaqasida Technovation Girls g‘oliblari bo‘lgan, shuningdek ikki marta Kremniy vodiysida o‘tkazilgan xalqaro finalda O‘zbekiston nomidan ishtirok etishgan.
Technovation Girls Uzbekistan bitiruvchilari xalqaro grantlar va tanlovlarda g‘olib bo‘lib, nufuzli mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib kelmoqda. Shuningdek, IT, fan va injiniring sohalarida faoliyat yuritib o‘z startaplarini tashkil etmoqda. O‘zbekistondagi dastur natijalari bilan quyidagi sayt orqali tanishish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.
