Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Yig‘ilishdan so‘ng O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri Qo‘shma deklaratsiya hamda Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi.

Bundan tashqari, yetakchilar huzurida quyidagi ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi:

  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026−2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • O‘zbekiston — Pokiston Ishbilarmonlik kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston — Pokiston hududlararo forumini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma;
  • Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimga yangi tovarlar ro‘yxatini kiritish haqida bayonnoma;
  • Port xizmatlari va chegirmalar taqdim etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Konchilik va geologiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va rivojlanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Farmatsevtika mahsulotlarini nazorat qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • To‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Raqamli va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Buyuk Boburiylar sulolasining ilmiy-maʼrifiy, madaniy va meʼmoriy merosini asrash, o‘rganish hamda keng targ‘ib qilish to‘g‘risida bitim;
  • Sport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Ekologiya va tabiiy ofatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida shartnoma;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Giyohvandlik vositalari, psixotrop va yangi psixoaktiv moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuv;
  • O‘zbekistondan Pokistonga isteʼmol qilish uchun yangi uzilgan olma, anjir, limon va achchiq qalampir eksporti uchun fitosanitariya talablari to‘g‘risida bayonnoma;
  • ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida “yo‘l xaritasi”.

Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ekspertlar kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Pokistonning Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlik bitimini imzoladi.

Termiz va Peshovar, shuningdek, Samarqand va Islomobod shaharlari maʼmuriyatlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ikki mamlakatning strategik tadqiqot institutlari o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Peshovar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.


Spot, avvalroq, O‘zbekiston Pokistonning Karachi portida tovar omborlarini tashkil etishi haqida yozgandi.