O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
9-fevraldan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 303,16 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 23 so‘m 68 tiyinga oshdi.
Bungacha dollar kursi 2-fevral, 3-fevral, 4-fevral va 5-fevral kunlari oshgandi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda yanvar oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.
Milliy valyuta ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan arzonlashdi va 300 so‘m yo‘qotdi. Yanvar oyida dollar 1,45% ga qimmatlashdi.
2025-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari qariyb $19 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi.
Mamlakatga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 27,2% ga oshib, $18,9 mlrdni tashkil etdi. Bunga asosan rubl kursining mustahkamlanishi va migrantlar oqimining ko‘payishi ta’sir qildi.
