Google Android qurilmalari egalari uchun ogohlantirish e’lon qildi, deb yozadi Forbes.

Dunyo bo‘ylab smartfonlarning 40% dan ortig‘i operatsion tizimlari endi muhim xavfsizlik yangilanishlarini olmagani sababli yangi zararli va xaker dasturlar hujumiga uchrash xavfi ostida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil dekabr holatiga ko‘ra, Android 16 qurilmalarning atigi 7,5%ida, Android 15 19,3%ida, Android 14 17,9%ida va Android 13 13,9%ida o‘rnatilgan.

Android 12 va undan keyingi eski versiyalari endi qo‘llab-quvvatlanmaydi, millionlab foydalanuvchilar himoyasiz qoladi.

Hozirda milliarddan ortiq Android foydalanuvchilari xavf ostida, chunki ularning qurilmalari yangi zararli dasturlar va josuslik dasturlaridan himoyalanmagan.

Ayniqsa, bu Samsung smartfonlari egalariga tegishli bo‘lib, endi ularning qurilmalari yangi hujumlarga duchor bo‘lmoqda.

Google foydalanuvchilarga operatsion tizim versiyasini tekshirishni va rasmiy antivirus dasturlaridan foydalanish hamda ishonchsiz manbalardan ilovalarni o‘rnatishni cheklash kabi ma’lumotlarni himoya qilish choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya etadi.

Android bilan bog‘liq vaziyat Apple’ga qaraganda jiddiyroq ko‘rinmoqda. iPhone foydalanuvchilari ham iOS’ning so‘nggi versiyasiga yangilanish zaruratiga duch kelayotgan bo‘lsa-da, Apple yangilanishlarni tezda tarqatmoqda, bu esa zaif qurilmalar sonini sezilarli darajada kamaytiradi.

Android millionlab foydalanuvchilar uchun xavfli zonada qolishda davom etayotgan bir paytda, yangilanishlar va asosiy xavfsizlik choralarini e’tiborsiz qoldirish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Avvalroq Spot Google foydalanuvchilarga smartfonni SI orqali boshqarishga ruxsat berishi haqida yozgandi.

Sun’iy intellekt agenti xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin, uning ish natijalari uchun javobgarlik esa qurilma egasi zimmasida qoladi.