Xitoylik investor Telegram foydalanuvchi nomini 2 million dollarga sotib oldi, deya xabar bermoqda Kod Durova.

7-fevral kuni xitoyliklar kun bo‘yi Telegramdagi @danbao foydalanuvchi nomini sotib olish uchun “shafqatsiz kurash” olib bordilar.

Ushbu “username” qariyb 3 yil avval $184 mingga baholangan bo‘lsa, bugungi kunda uning qiymati $2,2 mlnga yetdi.

Username egasi ko‘plab anonim raqamlar va noyob, jumladan kazino mavzusidagi username’larga ega bo‘lgan xitoylik yirik holderlardan biri bo‘ldi. U avval Kod Durova tilga olgan xitoylik investor Fuhao’ning do‘sti ekani ham ma’lum bo‘ldi.

Foydalanuvchi nomini sotib olishning sababi so‘zning ma’nosida yashiringan — xitoycha bu “garov” yoki “kafolat” degan ma’noni anglatadi.

U allaqachon Xitoy kripto hamyonlari ekotizimiga va kazinolarni ishga tushirish infratuzilmasiga yo‘naltirilgan kanalga bog‘langan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bu Fragment platformasida Telegram username’lari savdosi tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Foydalanuvchi nomining eng yirik xaridi oxirgi marta 2022-yilda amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda @news foydalanuvchi nomiga 1,7 mln sarflangan edi.


Avvalroq Spot Telegram ikki daqiqada $11 mlnlik virtual sovg‘alarni sotgani haqida yozgandi.

Premium foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan ikkita cheklangan sovg‘a atigi 15 soniyada sotilgan.