Britaniya Kengashi (British Council) xotin-qizlar uchun “Woman in STEM” stipendiya dasturiga arizalar qabulk qilmoqda.

Unda o‘zbekistonlik iqtidorli olima ayollar uchun fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu tashabbus ularning xalqaro miqyosda karyera o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, o‘qish, yashash, transport, viza va tibbiy sug‘urta kabi xarajatlarning to‘liq doirasini qamrab oladi.

Bu yil Britaniya Kengashi Turkiya, G‘arbiy Bolqon, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari ayollari uchun 15 ta stipendiya ajratdi.

Ularning har biri Buyuk Britaniyaning uchta yetakchi universitetlaridan biri — Bat universiteti, Bredford universiteti va Darem universitetida (har bir universitet uchun beshtadan o‘rin) magistraturada o‘qish uchun stipendiya oladi.

Dasturning maqsadi — ayollarga yuqori sifatli ta’lim va xalqaro tajribani taqdim etish, shunda ular qaytib kelganlaridan so‘ng o‘z mamlakatlarida STEM sohasining rivojlanishiga faol hissa qo‘shishlari mumkin.

2026−2027 o‘quv yili uchun har bir stipendiya kamida 40 ming funt sterling (taxminan $54,7 ming) miqdorida baholanadi va o‘qish to‘lovi, yashash uchun stipendiya, transport va viza xarajatlari, tibbiy sug‘urta, shuningdek, ingliz tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Transformatsion salohiyatga ega ushbu stipendiyalar ilm-fan va tadqiqot sohasida yetakchi bo‘lgan nufuzli Britaniya universitetlariga eshiklarni ochadi.

Shuningdek, ular STEM sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan professional aloqalarni o‘rnatishga va Britaniya oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining keng xalqaro tarmog‘iga qo‘shilishga yordam beradi.

Dastur avvaldan chet elda ta’lim olish imkoniyati bo‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xorijda o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan nomzod ayollarga ustuvorlik beradi.

Tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik tamoyillarini ilgari surgan holda, dastur har qanday yoshdagi ayollardan arizalarni qabul qiladi. Bunda nomzodlar tanlangan universitet dasturi talablariga, jumladan tegishli bakalavr darajasiga ega bo‘lishi shart.

O‘zbekistonda mavjud stipendiyalar haqida batafsil ma’lumotni British Council saytidan olish mumkin.

STEM sohasidagi ayollar uchun mo‘ljallangan ushbu stipendiyalarga arizalar qabul qilish 2026-yil aprel oyining oxirigacha davom etadi.