Toshkent Kimyo xalqaro universiteti xalqaro ta’lim standartlariga muvofiqlikni tasdiqlovchi institutsional hamda yo‘nalishlar kesimidagi akkreditatsiya sertifikatlariga ega bo‘ldi. Mazkur sertifikatlar Central Asian Association for Accreditation of Education (CAAAE) tomonidan berildi. Ushbu xalqaro akkreditatsiya universitetda ta’lim sifati, boshqaruv jarayonlari va ichki sifat nazorati tizimi xalqaro talablarga mos ravishda yo‘lga qo‘yilganini tasdiqlaydi.

Akkreditatsiya natijalariga ko‘ra, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 1 ta institutsional akkreditatsiya, 6 ta bakalavriat yo‘nalishi va 14 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.


Ular orasida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan sun’iy intellekt, mehatronika, lift muhandisligi, mexanik muhandislik, elektr muhandisligi, axborot tizimlari muhandisligi, arxitektura va bino-inshootlar qurilishi, biotexnologiya, audit va buxgalteriya hisobi kabi yo‘nalishlar mavjud. Batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.

Mazkur akkreditatsiyani taqdim etgan Central Asian Association for Accreditation of Education (CAAAE) muhandislik va oliy ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro mezonlar asosida baholovchi nufuzli akkreditatsiya tashkiloti hisoblanadi. Uning standartlari Bolonya jarayoni tamoyillari va xalqaro amaliyotga mos ishlab chiqilgan. Ma’lumot uchun, bu Toshkent Kimyo xalqaro universitetining birinchi xalqaro akkreditatsiyasi emas.

Mazkur yutuq bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim dasturlari mazmuni, professor-o‘qituvchilar salohiyati, o‘quv-uslubiy ta’minot hamda moddiy-texnik baza xalqaro mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Akkreditatsiya abituriyentlar va ota-onalar uchun ishonchli ta’lim muhiti yaratilganini anglatadi, shuningdek xorijiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma dasturlar va akademik almashinuvlarni rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Telefon: (+998) 78−129−40−40.
Sayt: kiut.uz
Facebook: fb.com/kiut.uz
Instagram: @kiut.uz_rasmiy
Telegram: t.me/kiut_official
YouTube: @kimyointernationaluniversity
Reklama huquqlari asosida.


