Samsung kompaniyasi 2026-yil 25-fevralda Galaxy S26 smartfonlarini o‘z ichiga olgan “Galaxy Unpacked” taqdimotini o‘tkazadi, deya xabar bermoqda Rozetked nashri.
Tadbirda Galaxy S26, S26+ va S26 Ultra flagmanlari, shuningdek, mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy Buds 4 va Buds 4 Pro quloqchinlari taqdim etiladi.
“Kundalik harakatlaringizni soddalashtirish uchun ishlab chiqilgan mobil interfeysga tayyorlaning. Yangi Galaxy S seriyasi tez orada paydo bo‘ladi — u qurilmani qo‘lga olganingizdan boshlab kundalik muloqotni soddalashtirish, ishonch uyg‘otish va Galaxy AI’ning uzluksiz integratsiyasini ta’minlash uchun yaratilgan”, — deyiladi Samsung xabarida.
Galaxy S26 Ultra oladigan asosiy yangilanishlardan biri ekranda tasvirni begona ko‘zlardan yashiradigan Privacy Display funksiyasi bo‘lishi kerak.
Texnologiya shaxsiy ma’lumotlarni shunday yashiradiki, ular foydalanuvchi uchun ko‘rinib turadi, ammo begonalar uchun ko‘rinmaydi. Bunda butun ekran emas, balki faqat, masalan, bildirishnomalar qorayadi.
Shuningdek, Galaxy S26'da sun’iy yo‘ldosh qo‘ng‘iroqlari paydo bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Kompaniya Amerikaning Skylo sun’iy yo‘ldosh xizmatlari provayderi bilan hamkorlik qiladi. Bu funksiyalar ishlashiga mintaqaviy cheklovlar qo‘yishi mumkin.
Yanvar oyida OAV smartfonda kremniy-uglerodli batareyadan foydalanilishi haqida yozgandi.
Kompaniyaning Galaxy S25 smartfonlarini o‘z ichiga olgan “Galaxy Unpacked” taqdimoti 2025-yil 23-yanvarda o‘tkazilgandi. Unda Galaxy S25, S25 Plus va 25 Ultra flagmanlari taqdim qilingandi.
