Kichik va o‘rta biznes faoliyati davomida yuqori moliyaviy yuklamaga duch keladi: turli xil kredit stavkalari, bir nechta majburiy to‘lovlar va rivojlanish uchun cheklangan imkoniyatlar. InfinBANK taklif etayotgan qayta moliyalashtirish xizmati ushbu muammolarni bartaraf etadi. Xizmatning mohiyati oddiy: InfinBANK boshqa bankdagi kreditni sotib olib, mijozga yanada qulay shartlarni taklif qiladi. Bu esa, biznesni yopmasdan va murakkab jarayonlarga kirishmasdan, oylik to‘lovlarni kamaytirish hamda budjetni optimallashtirish imkonini beradi.

Qayta moliyalashtirish jarayoni juda qulay: tadbirkor so‘rov qoldiradi, so‘ngra bank mutaxassislari joriy kreditlarni tahlil qiladi va maqbul shartlarni tanlaydi. Eski kreditlar yopiladi, biznes esa shaffof stavka va qulay to‘lov jadvalga ega yangi kredit oladi.

Tejamkorlik misollari xizmatning samaradorligini yaqqol namoyish qiladi. Kompaniya 500 000 000 so‘mlik kreditni 3 yil muddatga 28% foiz stavkasi bilan olib, har oyda 20 681 794 so‘m to‘lasa, InfinBANK orqali qayta moliyalashtirish xizmatidan foydalanib, 5 yil muddatga 24% stavka bilan to‘lovni taxminan 14 383 983 so‘mgacha kamaytirish mumkin. Bu yil davomida 75 573 732 so‘m tejash imkonini beradi va ushbu mablag‘ni biznesni rivojlantirishga yo‘naltirish mumkin. Bir nechta krediti mavjud biznes uchun bu yanada ko‘proq foyda keltiradi.

Xizmatning afzalliklarini aniq ko‘rish mumkin. Foiz stavkasining pasayishi moliyaviy yukni kamaytiradi va tejalgan mablag‘larni kompaniyani rivojlantirish, xaridlar, jamoani kengaytirish yoki yangi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirish imkonini beradi. Xizmat kichik va o‘rta biznesning real ehtiyojlariga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir mijozning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi va moliyaviy moslashuvchanlikni ta’minlaydi.

InfinBANK qayta moliyalashtirish dasturi — tadbirkorlarga kreditlarni boshqarishga emas, balki biznesning o‘sishiga e’tibor qaratishga yordam beradigan vosita. Kamroq qo‘shimcha to‘lovlar, ko‘proq imkoniyatlar, soddalik va ishonchlilik — bularning barchasi InfinBANKni biznes uchun ishonchli hamkorga aylantiradi.

Shartlar va yangi to‘lov haqida maʼlumotni (+998) 71−202−50−80 telefon raqami orqali olish mumkin. InfinBANK biznesni osonroq va manfaatliroq qilishga yordam beradi.

Reklama huquqlari asosida.