Yanvar oyida O‘zbekiston bo‘yicha uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 28,6 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bitimlar soni qariyb 12%ga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

Ko‘chmas mulk bozorining qariyb uchdan bir qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, savdolar hajmi 33,4%ga oshdi. Bu esa barcha hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Shuningdek, Samarqand (26%) va Sirdaryo (24%) viloyatlarida ham bitimlar sonining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

Toshkentda ikkillamchi va birlamchi uy-joy narxlari

Yanvar oyida Toshkent shahrida ikkillamchi uy-joy bozorida 1 kvadrat metr uchun o‘rtacha narxi qariyb $1120 ni tashkil etdi va oylik hisobda 0,6% ga oshdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar qariyb 2% ga o‘sdi.

Ikkillamchi uy-joy narxlarining eng yuqori o‘sishi Yakkasaroy (5,7%) va Mirabad (4,3%) tumanlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, poytaxtning birlamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sishi nisbatan yuqori bo‘ldi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan yangi qurilgan uy-joylarda 1 kvadrat metr uchun o‘rtacha narx 9% dan ko‘proqqa oshdi.

Birlamchi uy-joy narxlarining eng yuqori o‘sishi Mirobad (18,4%) va Mirzo Ulug‘bek (17,3%) tumanlarida qayd etildi.

Toshkentda ijara bozori

Yanvar oyida poytaxtda uy-joy ijarasining o‘rtacha qiymati 1 kvadrat metr uchun qariyb $8,8 ni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9% ga yuqori.

Ijara narxlarining eng yuqori ko‘rsatkichi poytaxtning Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida saqlanmoqda. Bu tumanlarda ijara narxi 1 kvadrat metr uchun o‘rchata $11 atrofida.

Ayni paytda ijara narxlarining o‘sish sur’atlari jadallashuvi Olmazor, Yunusobod, Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ko‘proq kuzatilib, ushbu hududlarda yillik o‘rtacha o‘sish qariyb 13% ni tashkil etdi.

ko'chmas mulk, uy-joy ijarasi

Ikkillamchi uy-joy bozori

Yanvar oyida ikkillamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlarning mo‘tadil o‘sishi qayd etildi.

Respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kvadrat metr uchun o‘rtacha narx bir oyda 0,9% ga oshdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar o‘sishi 8% ni tashkil etdi.

ko'chmas mulk, uy-joy ijarasi

Eng yuqori narx o‘sishi Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida qayd etildi. Bu hududlarda uy-joy narxlarining o‘rtacha o‘sishi qariyb 24% ni tashkil qildi.

Shuningdek, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham narxlar 16% ga oshdi.