Avvalroq 18-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev AQSH biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Uchrashuvda bir qator investitsiya loyihalari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi.
Parrandachilik sohasida seleksiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Aviagen Broiler Breeding Group kompaniyasi bosh ijrochi direktori Yan Xenriksen uchrashuvda O‘zbekiston parrandachilik tarmog‘i uchun naslli bosh soniga ega korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma‘lum qildi.
“Bugun ertalab Energetika vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi allaqachon biz bilan bog‘lanib, barcha masalalarni hal qildi. Biz bilan hatto boshqa viloyat hokimi ham bog‘landi. Shu tariqa 24 soat ichida muammoni hal qildik”, — dedi u.
Videomuloqot orqali uchrashuvda O‘zbekiston viloyatlari hokimlari, shuningdek, energetika va qurilish vazirlari ishtirok etdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akrom Aliyev va Aviagen Broiler Breeding Group bosh ijrochi direktori Yan Xenriksen prezident huzurida parrandachilik klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Yig‘ilishda taqdim etilgan taqdimotga ko‘ra, loyiha qiymati $40 mlnga baholangan bo‘lib, yiliga 4,5 mln dona tovuq yetishtirish quvvatiga ega. 2025-yil iyun oyida 88 gektar yer maydoni ajratildi.
Avvalroq Gulf ikki yil ichida O‘zbekistonda 100 ta “zapravka” ochib, aviatsiyaga $150 mln investitsiya kiritishi haqida xabar berilgandi.
