O‘zbekistonga bir oyda qariyb 1 mln nafar turist keldi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, yanvar oyida jami 950 278 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 271,6 ming nafarga yoki 40%ga oshgan.
Sayyohlar tashrifi bo‘yicha Qirg‘iziston yetakchilik qilmoqda. Xususan, ushbu mamlakatdan 282 798 kishi kelgan.
Keyingi o‘rinlarni esa Tojikiston (244 373 nafar) va Qozog‘iston (207 858 nafar) egallagan.
Shuningdek, 69 ming nafardan ko‘proq kishi Rossiyadan, 43,5 ming kishi Afg‘onistondan tashrif buyurgan.
Keyingi o‘rinlar mos ravishda quyidagicha:
- Turkmaniston — 28 150 nafar;
- Xitoy — 25 666 nafar;
- Turkiya — 12 740 nafar;
- Hindiston — 6 095 nafar;
- Janubiy Koreya — 3 237 nafar.
2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 1,3 mln nafar turist kelgandi.
Spot, avvalroq, Navoiyda turizm qanday rivojlantirilishi haqida yozgandi.
