Avvalroq prezident yoshlar bilan muloqot o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy hayotga tez moslashishini ta‘minlash muhim ekani ta‘kidlandi.
Buning uchun “Ikkinchi imkon” loyihasi boshlanadi.
Bunday yoshlar 8−12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa kasblar va xorijiy tillarga o‘qitilib, daromadli ishga ega bo‘ladi.
Mazkur tizim 1-iyundan Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida, kelasi yildan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.
Bugun muloqotda, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga beriladigan kredit miqdori oshirilishi, O‘zbekiston Garvard va Stenford universitetlari bilan Yangi avlod tadbirkorlari dasturini ishga tushirishi, texnikum o‘quvchilari ham Work and Travel dasturi asosida 6 oyga xorijga yuborilishi kabi yangiliklar aytildi.
Avvalroq yosh oilalarga ipoteka krediti stavkasining bir qismi qoplab berilishi haqida xabar berilgandi.