Avvalroq prezident qarori bilan Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasida Yangi Jizzax shahri qurilishi haqida xabar berilgandi. Yangi shaharda 1200 xonadonli 50 ta “dom” qurilishi belgilangan.

Yangi shaharcha viloyat markazi chegarasiga tutash, “Uchtepa” mahallasidagi 40 gektar maydonda joylashadi. Bu haqda Qurilish vazirligi maʼlum qildi.

Hududning chorak qismidan ko‘prog‘i (11,58 ga) yashil hududlarga ajratilishi rejalashtirilgan. Yana 5,86 gektar maydon binolar va inshootlar bilan band bo‘ladi. Ichki yo‘llarning umumiy uzunligi 12,46 kilometrni tashkil etadi.

Yangi Jizzax shahrida 7 qavatli 60 ta, 9 qavatli 45 ta turar-joy binolari quriladi. Hududda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ham mavjud bo‘ladi.

Shuningdek, 1680 o‘rinli umumta‘lim maktabi barpo etiladi. Qamrovi 200 kishiga mo‘ljallangan 1 ta poliklinika, 120 o‘rinli maktabgacha ta‘lim tashkiloti ham qurilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Sharof Rashidov tumanidagi 21 ta davlat tashkiloti uchun yagona ma‘muriy bino quriladi.

Prezident qarori bilan Jizzax shahrida tirbandliklarni kamaytirish maqsadida 10 km uzunlikda aylanma yo‘l qurish uchun 60 mlrd so‘m ajratilishi ham belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Dashtobod-Zomin-Baxmal-G‘allaorol avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinadi. 143 km hududiy va 30 km mahalliy yo‘llar ta‘mirlanadi.

jizzax, qurilish vazirligi, sharof rashidov, yangi jizzax

Oqova suv quvvati 2,5 barobarga oshiriladi. Jizzax shahridagi oqova suv tozalash inshootining quvvati 30 ming metr kubdan 80 ming metr kubga yetkaziladi.

Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida esa 10 ming metr kub quvvatli kimyoviy oqova suv tozalash inshooti quriladi.

Yanvar oyi oxirida prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani yagona aglomeratsiya hududi sifatida rivojlantirilishi aytilgandi. Bu bo‘yicha bosh rejada 10 kilometrlik aylanma yo‘l qurish, yagona jamoat transport tizimini yo‘lga qo‘yish, yagona ma’muriy bino qurish nazarda tutiladi.


Avvalroq Arnasoy aeroporti BAA investorlari ishtirokida $11 mln evaziga kengaytirilishi haqida xabar berilgandi.