Telegram jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.

Messenjerning yangi versiyasida bir qator yangiliklar paydo bo‘ldi: guruh ishtirokchilari nomi yonida ko‘rinadigan matnli teglar joriy etildi, ayrim shaxsiy chatlardan xabarlarni saqlash va boshqalarga yuborishni o‘chirish imkoniyati qo‘shildi.

Shuningdek, GIF animatsiyalarni tahrirlash va ularga izoh (imzo) qo‘shish, Telegram orqali ilovalar va saytlar uchun ro‘yxatdan o‘tish hamda tizimga kirishning yangi vositalari taqdim etildi — va yana boshqa yangiliklar ham mavjud.

Guruhlardagi a’zo teglari

Endi guruh chatlari ishtirokchilari o‘z ismlari yoniga teg qo‘shishlari mumkin. Bu ish jamoasidagi lavozim yoki rol, universitetdagi mutaxassislik va boshqalar bo‘lishi mumkin. Masalan, qo‘shnilar bilan suhbatda kvartira yoki mashinani ko‘rsatish yoki onlayn hamjamiyatda o‘z qiziqishlarini bildirish.

Administratorlar teg qo‘shishni sozlashi mumkin — bu huquqni o‘zida qoldirishi yoki ishtirokchilarga ism yonidagi tegni o‘zlari tanlashiga ruxsat berishi mumkin. Administratorlarning teglari har doim rang bilan ajralib turadi, shunda ularning guruhdagi roli tegdagi matndan qat’i nazar darhol tushunarli bo‘ladi.

Guruhz a’zolariga ism yonidagi tegni mustaqil ravishda qo‘shishga ruxsat berish uchun guruh sozlamalari > Ruxsatlar rukniga kiring va Tegni tahrirlash bandini yoqish kerak.

telegram, yangilanishlar

Shaxsiy chatlarda nusxa olishni taqiqlash

2021-yilda Telegramda guruhlar va kanallardagi kontentni himoya qilish sozlamalari paydo bo‘ldi. Ular hamjamiyatlar va mualliflarga nashrlar eksklyuzivligini saqlashga yordam beradi.

Bugungi yangilanishdan boshlab, foydalanuvchilar o‘zaro ishonch muhitini yaratish maqsadida istalgan shaxsiy chatdagi ma’lumotlarni ulashish imkoniyatini ham o‘chirib qo‘yishi mumkin.

Agar chatda nusxa olish taqiqlangan bo‘lsa, suhbatdoshlar undagi xabarlarni boshqalarga yubora olmaydi va nusxalay olmaydi, shuningdek, skrinshot qila olmaydi hamda mediafayllarni saqlab ololmaydi.

telegram, yangilanishlar

GIF uchun izohlar

Endi GIF panelidan animatsiya tanlayotganda, unga darhol izoh qo‘shish va barchasini bitta xabarda yuborish mumkin. Boshqa mediafayllardagi kabi, memlaringiz mukammal ko‘rinishi uchun izohni GIFning ustiga yoki ostiga joylashtirish mumkin.

Imzo qo‘shish uchun paneldagi kerakli GIF animatsiyani bosib turing va “Imzo qo‘shish” bandini tanlash kerak.

Suratlardan stikerlarni darhol yaratish

Endi Telegramda ko‘rgan suratlaringizni birgina bosish bilan stikerga aylantirish mumkin. Stikerlarni yuborishdan oldin ularni tahrirlash mumkin: obyektlarni kesish, matn yoki emoji qo‘shish va boshqalar.

Yaratilgan stikerni stikerlar panelidagi Saralanganlarga saqlashingiz yoki darhol to‘plamga qo‘shish mumkin.

telegram, yangilanishlar

GIF va stikerlarni o‘zgartirish

Paneldagi GIF va stikerlarni endi kuchli Telegram foto muharririda o‘zgartirish mumkin: matn, rasm va emojilar qo‘shish, shuningdek, GIF-animatsiyalarni kesish va qisqartirish mumkin.

GIF yoki stikerni o‘zgartirish uchun uni panelda bosib turish, so‘ng “O‘zgartirish” bandini tanlash kerak.

telegram, yangilanishlar

So‘rovnomalarda ovoz berish vaqti

Endi ommaviy so‘rovnomalarda har bir foydalanuvchining ovoz berish vaqti ko‘rsatiladi, bu orqali ishtirokchilar ovoz qachon berilganini ko‘ra oladi.

telegram, yangilanishlar

Telegram orqali avtorizatsiya

Endi Telegram akkaunti yordamida ilova yoki veb-saytda anketalarni to‘ldirmasdan va parol yaratmasdan tezda ro‘yxatdan o‘tish yoki tizimga kirish mumkin.

Botlarda javobni bosqichma-bosqich chiqarish

Bugungi yangilanishdan boshlab, matnning silliq paydo bo‘lishi hisobiga javoblarni vizual jihatdan yoqimliroq qilish uchun bu funksiyani Telegramdagi istalgan botda yoqish mumkin.