Xitoy hukumati eng yirik neftni qayta ishlash kompaniyalariga dizel yoqilg‘isi va benzin eksportini zudlik bilan to‘xtatishni buyurdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu qaror Fors ko‘rfazida davom etayotgan mojaro sharoitida qabul qilingan, bu esa ushbu mintaqadan neft yetkazib berishni buzgan.

Nashr manbalariga ko‘ra, neft kompaniyalari top-menejerlari Xitoy Rivojlanish va islohotlar davlat qo‘mitasi rasmiylari bilan uchrashuvda eksportni to‘xtatish to‘g‘risida buyruq olgan.

Davlatga qarashli PetroChina, Sinopec, CNOOC, Sinochem Group va xususiy Zhejiang Petrochemical kabi kompaniyalarga yangi shartnomalar tuzishni to‘xtatishgan.

Shuningdek, allaqachon kelishilgan yetkazib berishlarni bekor qilishga erishish buyurildi. Istisno faqat kemalar va samolyotlar uchun yoqilg‘i, shuningdek, Gonkong va Makaoga yetkazib berish uchun qilingan.

Xitoyning neftni qayta ishlash sektori juda katta bo‘lsa-da, uning mahsulotlarining salmoqli qismi ichki bozorga yo‘naltirilgan. Shu sababli, mamlakat jahon miqyosida hal qiluvchi yetkazib beruvchi hisoblanmaydi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Osiyoda Xitoy neft mahsulotlarining dengiz orqali eksporti hajmi bo‘yicha Janubiy Koreya va Singapurdan keyingi uchinchi o‘rinda turadi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Xitoy uglevodorod yetkazib berishni diversifikatsiya qilishga intilgan, biroq shu paytgacha zarur neftning deyarli yarmini Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan olgan.


Avvalroq Saudi Aramco Ras Tanura neftni qayta ishlash zavodi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.

Saudiya neft kompaniyasi Eronning dron hujumidan so‘ng mazkur neftni qayta ishlash majmuasini yopgan.