Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Uzum Tezkor tezkor yetkazib berish xizmati logistika hamkorlari bilan birgalikda ayol kuryerlar uchun bonuslarni tayyorladi. Kuryerlar orasida nima uchun ayollar ko‘payib borayotgani, ishni bola tarbiyasi bilan qanday uyg‘unlashtirish mumkinligi haqida kuryer Zarina Dushayeva so‘zlab berdi. Mana bir yarim yildan oshibdiki, kuryerlik kasbi u uchun asosiy daromad manbai va oilasini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidir.
Nima uchun bu kasbni tanladingiz?
Bir yarim yildirki, Uzum Tezkor’da ishlayman. Bu hozirda mening asosiy daromad manbayim va ishim. Yosh bolam bor, ba’zida uni tashlab ketishga odam bo‘lmaydi, shuning uchun bu ish menga juda qulay. Yaqinlarim uyda bo‘lsa, qizimni qoldirib, o‘zim navbatchilikka chiqaman, ba’zan esa uni o‘zim bilan olib ketaman.
Kuryer bo‘lishimdan oldin taksi haydovchisi bo‘lib ishlaganman, lekin hamma yo‘lovchilar ham ayol haydovchini xotirjam qabul qilishmagan. Shuning uchun yetkazib berish sohasida ishlashni davom ettirishga qaror qildim. Yetkazib berishda o‘zimni qulayroq his qilaman: buyurtmani olib, uni foydalanuvchiga yetkazib berasiz.
Uzum Tezkor bilan hamkorlikda sizga ko‘proq nima yoqadi?
Ishlashni deyarli darhol boshlash mumkinligi yoqadi. Bepul ekipirovka berishadi, to‘lovlar esa birinchi kunlardanoq boshlanadi, shuning uchun daromadsiz qolmaysiz. Odamlarning munosabati ham juda quvonarli. Menga tez-tez ilovada ham, naqd pulda ham choychaqa qoldirishadi. Ko‘pchilik tabassum qilib, buyurtmani ayol kishi olib kelishi yoqimli ekanligini aytishadi.
Ishni boshlashda qiyinchiliklar bo‘lganmi?
Birinchi oy biroz qiyin bo‘ldi: bitta restorandan ikkita buyurtmani olib, turli manzillarga yetkazib berish kabi multibuyurtmalarga ko‘nikish kerak edi. Multibuyurtmalarda eng muhimi, foydalanuvchiga berishdan oldin raqamni tekshirishdir. Lekin har qanday ishda ham qiyinchilik bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan tushunib yetdim va endi buyurtmalarni tez va ishonch bilan bajaraman.
Bir kuni bolam kasal bo‘lib qolib, smenaga chiqolmadim. Shunda logistika hamkorlari ofisiga murojaat qildim, vaziyatni tushuntirdim, hech qanday jarima bo‘lmadi — kompaniya har doim vaziyatni tushunib, yordam berishga tayyor, bu ayniqsa, chaqaloqlari bor onalar uchun juda muhim.
Kuryer ayollar ko‘payib borayotganini sezyapsizmi?
Ayol kuryerlar ko‘payib borayotganini ko‘rib juda xursand bo‘ldim. Biz smenada uchrashganimizda, bir-birimizni ko‘rish har doim yoqimli — xuddi qarindoshlar bilan uchrashgandek his qilamiz.
So‘nggi bir yil ichida kuryerlik kasbi ayollar orasida tobora talabgir bo‘lib bormoqda — o‘tgan yilga nisbatan Uzum Tezkor yetkazib berish xizmati bilan hamkorlik qiluvchi ayol kuryerlar soni butun mamlakat bo‘ylab 5 barobarga oshgan.
Uzum Tezkor logistika hamkorlari bilan hamkorlikda kuryerlar dastlabki kunlardanoq qo‘shimcha sarmoyalarsiz daromad olishlari uchun sharoit yaratishga intiladi. Shuning uchun forma va termosumka kuryerlarga bepul berilib, to‘lovlar esa birinchi smenadan boshlanadi.
Tezroq transport vositalariga o‘tmoqchi bo‘lgan kuryerlar uchun 5 oydan ortiq muddatga moped yoki elektr velosiped sotib olish dasturi mavjud. Dasturdan foydalangan kuryerlar zarur miqdordagi buyurtmalarni bajarishda Uzum Tezkor logistika hamkorlaridan haftasiga 350 ming so‘mgacha bonus oladilar.
Shuningdek, xizmat A1 toifadagi haydovchilik guvohnomasini olishda qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirgan: kuryerlarga imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berib, ularni topshirish xarajatlari — 3 mln so‘mgacha qismini qoplab beradi. Foydalanuvchilar esa choychaqalarni ilovada qoldirib, kuryerlarga minnatdorchilik bildirishlari mumkin.
Reklama huquqlari asosida.