Ilon Maskning kompaniyasi X Chat messenjerini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda techCrunch nashri xabar berdi.

Uning beta-versiyasi TestFlight platformasi orqali iOS qurilmalari egalari uchun ommalashdi.Sinov dastruidagi dastlabki ming kishilik kvota bor-yo‘g‘i ikki soat ichida to‘lib bo‘ldi. Tashkilotchilar zudlik bilan uni besh ming foydalanuvchigacha kengaytirishdi.

xAI mahsulot dizayneri Maykl Bosvellning ta’kidlashicha, jamoa ilova ustida bir necha oy ishlagan va endi haqiqiy foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari kerak.

“So‘nggi bir necha oy davomida biz iOS uchun X Chat avtonom ilovasini jimgina ishlab chiqdik… Undan foydalaning. Uni sinab ko‘ring. Bizga sizning fikr-mulohazalaringiz kerak”, — deb yozgan Bosvell X’da.

Yangi shifrlangan xabar almashish xizmati noyabr oyida keng ko‘lamli yangilanishlar sodir bo‘lgan X ijtimoiy tarmog‘ining shaxsiy xabarlar sahifasi imkoniyatlarini takrorlaydi.

Ilova shifrlangan chatlarni yaratish, media fayllarni uzatish, yozishmalarga parol o‘rnatish, shuningdek, xabarlarni taymer bo‘yicha tahrirlash va avtomatik o‘chirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qayd etilishicha, xavfsizlik masalalari mahsulotni ilgari surishning asosiy mavzusi bo‘lib qolmoqda. Oktabr oyida Jo Roganning podkastida Mask xizmat Bitcoin’ga o‘xshash bir martabali shifrlash tizimiga asoslanganini hamda “barcha xabar almashinuv tizimlari ichida eng xavfsizi” ekanligini ta’kidladi.

Grok neyron tarmog‘i ma’lumotlariga ko‘ra, Android uchun mo‘ljallangan X Chat versiyasi ham ishlab chiqilmoqda va yaqin kelajakda taqdim etilishi kutilmoqda.


Avvalroq Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etilgani haqida xabar berilgandi.

Xususan, shaxsiy chatlarda nusxa olishni taqiqlash, guruhlardagi a’zo teglari, suratlardan stikerlarni darhol yaratish hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.