Londonning Intercontinental Exchange (ICE) birjasida 9-mart kuni may oyida yetkazib beriladigan Brent crude oil fyucherslari narxi 25% ga oshdi. Bu haqda RBC nashri xabar berdi.

Bunda bir barrel uchun $116 dan yuqoriladi. Shu bilan birga, Brent nefti narxi 2022-yil 5-iyuldan beri ilk bor bir barrel uchun $110 dan oshdi.

Kotirovkalarning keskin o‘sishi jahon neftining qariyb 20%i o‘tadigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar bilan izohlanmoqda.

Shu sababli o‘tgan hafta boshidan beri neft narxlari 50% dan ko‘proqqa ko‘tarildi.

AQSH prezident Donald Tramp esa neft narxining oshishini qisqa muddatli holat deb baholab, Eronning yadroviy tahdidi bartaraf etilgach narxlar pasayishini aytdi.

Joriy hafta boshida Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft narxi 13% gacha oshib, keyinchalik o‘sish sekinlashgandi. Londonning ICE Futures birjasida Brent neft 13,04% ga ko‘tarilib, bir barrel uchun $82,37 ga yetgan edi.

Avvalroq Xitoy benzin va dizel yoqilg‘isi eksportini to‘xtatishi haqida xabar berilgandi.