Farg‘onadan Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan oltin quymalar to‘xtatib qolindi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Farg‘ona tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Damas Qirg‘izistonga chiqish maqsadida Vodil-avto chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Avtomashina kuzov qismining ichiga yashirilgan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalar borligi aniqlandi. Ular ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ularning sof og‘irligi 1,23 kg bo‘lib, umumiy bahosi 2,18 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada yer ajratish evaziga $101 ming talab qilgan soliqchi ushlangandi.