AQSH Green Card (Diversity Visa) dasturiga ariza berishda yangi qoidalar joriy etiladi.
Davlat departamenti tomonidan 11-mart kuni e’lon qilingan yangi qoidaga ko‘ra, DV dasturiga ariza topshirish tartibiga bir qator yangi talablar kiritilishi taklif qilingan.
Endilikdan ariza topshirayotgan shaxs amal qiluvchi, muddati tugamagan pasport ma’lumotlarini kiritishi majbur bo‘ladi. Shuningdek, elektron ariza formasiga pasportning biografik va imzo sahifasining skaneri yuklanishi talab qilinadi.
Qoidalar til jihatdan ham yangilanadi: masalan, “gender” o‘rniga “sex” (jins), “age” o‘rniga “date of birth” (tug‘ilgan sana) ishlatiladi.
O‘zgarishlardan asosiy maqsad — soxtakorlik va firibgarlikka qarshi kurashish hamda ariza beruvchilarning shaxsini yaxshiroq aniqlash orqali DV dasturining ishonchliligini oshirishga qaratilgan.
Qayd etilishicha, bu qoidalar 2026‑yil 10‑apreldan kuchga kiradi va 2027‑yilgi DV dasturiga tatbiq etiladi.
2025-yilning 16-sentabridan boshlab Green Card lotereyasi uchun $1 miqdorida to‘lov joriy etildi.
Shu paytgacha lotereya xarajatlari faqat tanlangan arizachilardan olinadigan $330 miqdoridagi viza uchun ariza to‘loviga qo‘shib kelingan bo‘lsa, endi xarajatlarning bir qismi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida barcha ishtirokchilardan undiriladi.
AQSH Davlat departamenti 30-dekabrdan boshlab Green Card (Diversity Visa — turli millat vakillari uchun viza) dasturi bo‘yicha viza berishni to‘xtatdi.
19-dekabr kuni AQSH hukumati Green Card (Diversity Visa — turli millat vakillari uchun viza) dasturini to‘xtatayotgani haqida xabar berilgandi.
Chunki Braun universitetidagi otishmada gumon qilinayotgan shaxs shu dastur orqali mamlakatga kelgan, deb ma’lum qildi AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.