Toshkent viloyatida soliqchi firibgarlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi DXX.

Bo‘ka tumani Soliq inspeksiyasi bosh inspektori paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbarining ishonchiga kiradi.

U mazkur xo‘jalikning soliqdan mavjud bo‘lgan 165,6 mln so‘m qarzdorlikni to‘lash muddatini viloyat soliq boshqarmasidagi hamkasbi orqali uzaytirib berish evaziga 10 mln so‘m talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan bosh inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada yer ajratish evaziga $101 ming talab qilgan soliqchi ushlangandi.