StartupBase platformasida Startup Booster 2026 akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli ochildi.

Dastur faunderlarga biznesni kengaytirish metodologiyasini taqdim etish va ularni venchur bozor ekspertizasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishtirish imkonini beradi.

Akseleratsiya raqamli loyihalar va MVP bosqichidan o‘tgan startaplar uchun mo‘ljallangan.

Ishtirokchilar 6 haftalik onlayn intensiv dasturda mahsulotni tekshirishdan tortib, investitsiya pitch paketini tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonni o‘rganadi.

Shuningdek, ekspertlar paneli va amaliy workshoplar orqali moliyaviy modellash, bozorga chiqish strategiyasi (Go-to-Market) va “pitch deck” tuzish bo‘yicha tajriba orttiradi.

Dastur Demo Day bilan yakunlanadi. Ushbu tadbirda finalchilar loyihalarini venchur fondlar va biznes-farishtalar oldida taqdim etadi.

Shuningdek, professional fikr-mulohazalar oladi va ehtimoliy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, ishtirokchilar United Ventures ekspert tarmog‘iga kirish huquqini qo‘lga kiritadi.

Arizalarni 20-martgacha akseleratsiya saytida topshirish mumkin.


Avvalroq Azamat Karamatov IT Park Uzbekistan bosh direktori etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

U bungacha IT Park Ventures fondiga rahbarlik qilgan. Karamatov Multicard Payment, Rahmat, Jett va Semurg VC loyihalarining hammuassislaridan biri hisoblanadi.