2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha topshiriqlar soni va baholash mezoni tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu bo‘yicha vazirlikning tegishli buyrug‘i qabul qilindi hamda baholash talablari o‘tgan yilgi tartibda o‘zgarishsiz qoldi. Hujjat mamlakat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar uchun test topshiriqlari soni hamda baholash tartibini belgilaydi.
Unga ko‘ra, mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirilgan, xususan, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
- Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
- Matematika x 10 ta;
- O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
Bunda jami 30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball hisoblanadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
- 1-fan: 30 ta savol x 3,1 ball = 93 ball;
- 2-fan: 30 ta savol x 2,1 ball = 63 ball;
Bunda jami 60 ta savol uchun jami 156 ball beriladi.
Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189 ballni tashkil etadi.
2024−2025 o‘quv yilida davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida bir vaqtda o‘tkazilgandi.
Bunda abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Agar bali OTMga yetmay qolsa, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun qatnashishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Toshkent davlat agrar universitetining ayrim yo‘nalishlarida o‘qish 3 yillik bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Universitetga kirishda yetarli ball yig‘magan fermer va ular xodimlarining farzandlarini kamaytiril