Energetika vazirligi matbuot xizmati 17-mart kuni avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) qachondan ishlashini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bugun, 17-mart kuni “metan zapravkalar” soat 10:00 dan faoliyat yuritadi.

Farg‘ona vodiysida “metan zapravkalar"ning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

O‘tgan shanba-yakshanba kunlari ham AGTKSHlar kun davomida oltidan soat ishlagandi.

Mart oyi boshida havo harorati pasayishi sababli metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritila boshlandi.

Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilishi aytilgandi. 12-mart kuni ham “zapravka"lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritgan edi.


Avvalroq tabiiy gaz uchun belgilangan qishki limit aprelgacha uzaytirilmagani haqida xabar berilgandi.

16-martdan 31-martgacha qo‘shimcha 50 kub metr gaz uchun pasaytirilgan tarif — 1000 so‘mdan to‘lash mumkin.