Fevral oyida O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdi bitimlari qariyb 4% ga oshib, 29,7 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan tuzilgan bitimlar soni 7,2 mingtaga ko‘payib, o‘sish sur’ati 32,4% ni tashkil qildi.

Eng sezilarli o‘sish Navoiy viloyatida qayd etilib, ko‘rsatkich 53% ga oshdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida o‘sish 39% ni tashkil etdi. Toshkent shahrida esa bitimlar soni 49% ga ko‘paydi.

O‘tgan oyga nisbatan hududlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent viloyatida kuzatilib, ko‘rsatkich 25% ga oshdi. Navoiy viloyatida o‘sish 22,6% ni, Sirdaryo viloyatida esa 13,% ni tashkil qildi.

Fevral oyida barcha bitimlarning qariyb uchdan bir qismi poytaxt bozori hissasiga to‘g‘ri keldi. Toshkent shahrida oy davomida oldi-sotdi bitimlari hajmi 1,4% ga oshib, taxminan 8,9 mingtani tashkil etdi.

fevral, itim, ko'chmas mulk, tahlil, uy-joy

Toshkentda ko‘chmas mulk bozori

Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozorida bir kvadrat metrning o‘rtacha narxi o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 3,2% ga oshdi.

Eng sezilarli narx o‘sishi Mirobod tumanida kuzatilib, ko‘rsatkich 7% ni tashkil etdi. Shuningdek, Yakkasaroy tumanida narxlar 5,6% ga, Shayxontohur tumanida 5,4% ga va Chilonzor tumanida 5,3% ga oshdi.

Toshkent shahrida yangi uy-joylar bozorida bir kvadrat metrning o‘rtacha narxi o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 11,5% ga o‘sdi.

Narxlarning eng yuqori o‘sishi Mirobod tumanida qayd etilib, ko‘rsatkich 18% ni tashkil etdi. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanida narxlar 15,4% ga, Yunusobod tumanida esa 15,2% ga oshdi.

Toshkentda ijara narxlari

Poytaxtda uy-joy ijarasining o‘rtacha narxi o‘zgarishsiz qolib, bir kvadrat metr uchun taxminan $8,7 ni tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ijara narxlari 8% ga oshgan.

Fevral oyida poytaxtning markaziy tumanlarida ijara narxlari nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda. Jumladan, Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ijara narxi bir kvadrat metr uchun taxminan $11 atrofida bo‘lgan.

Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan ijara narxlari o‘sish sur’ati Yashnobod tumanida 16%, Sergeli tumanida 13%, Yunusobod tumanida 12%, Olmazor tumanida 11% va Shayxontohur tumanida 10% darajasida qayd etildi.

fevral, itim, ko'chmas mulk, tahlil, uy-joy

Ikkilamchi uy-joy bozori

Oy yakunlariga ko‘ra, ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sish sur’atining biroz sekinlashgani kuzatildi. Shu bilan birga, poytaxtda fevral oyida narxlar mo‘tadil o‘sib, taxminan 1% ni tashkil etdi.

Ayni paytda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikkilamchi uy-joy narxlari o‘rtacha hisobda qariyb 9% ga oshgan.

Yil davomida narxlar o‘sishining eng yuqori sur’atlari Surxondaryo viloyatida qayd etildi, bu yerda ko‘rsatkich 22% ga oshgan.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida o‘sish 19,3% ni, Jizzax viloyatida 16,3% ni tashkil etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa narxlar 15,9% ga oshgan.

fevral, itim, ko'chmas mulk, tahlil, uy-joy


Avvalroq Toshkentdagi uy-joylarning o‘rtacha narxlarini onlayn kuzatish imkoni yaratilishi haqida xabar berilgandi.