Joriy yilning 6-aprelidan 1-maygacha Toshkent shahridagi issiq suv ta’minotida bahorgi rejali uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Issiqlikta’minoti xabar berdi.
“2026-yilning aprel-may oylarida Veolia Energy Tashkent navbatdagi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida issiqlik tarmoqlarida bahorgi rejali to‘xtatish va sinov ishlarini o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan, poytaxtning turli tumanlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha, rejaga asosan to‘xtatiladi.
Issiq suv ta’minoti o‘chirilish sanalari va manzillari bu yerda.
Tadbirlar doirasida uskunalarni ta‘mirlash va modernizatsiya qilish, eskirgan quvurlarni almashtirish hamda nasos uskunalarining ishlashini tekshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, navbatdagi qish mavsumida issiqlik tizimining barqaror ishlashini ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.
Avvalroq Toshkent shahrida bahorgi mavsumga tayyorgarlik munosabati bilan 30-martdan 12-maygacha ichimlik suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chirilishi haqida xabar berilgandi.
“2026-yil bahorgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan iste’molchilarga ichimlik suv
Qayd etilishicha, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.