Toshkent shahrida bahorgi mavsumga tayyorgarlik munosabati bilan 30-martdan 12-maygacha ichimlik suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” xabar berdi.

“2026-yil bahorgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan iste’molchilarga ichimlik suv bosimi pasayishi hamda vaqtincha bo‘lmasligi haqida ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Ichimlik suvi ta’minoti o‘chirilish sanalari va manzillari bu yerda.

Qayd etilishicha, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” batafsil ma’lumotlarni Markaziy dispetcherlik xizmatining +998712561095, +998712526008 yoki 1054 qisqa raqamlaridan, shuningdek, hududlardagi bo‘limlarning telefon raqamlaridan olish mumkinligini ma’lum qildi.


Avvalroq Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.

Musaffo Obi Hayot Magistral Suv Taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan 2,2 mlrd so‘mni asossiz undirgani maʼlum bo‘ldi.