Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

20−23-mart — shanba va yakshanba kunlari bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:

Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.

18-mart kuni prezidentning “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 20-mart — juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan O‘zbekistonda 20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

  • 20-mart (juma) — Ramazon hayiti kuni — barcha uchun dam olish kuni;
  • 21-mart (shanba) — Navro‘z bayrami kuni — barcha uchun dam olish kuni;
  • 22-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
  • 23-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun esa ish kuni.

Avvalroq Uzbekistan Airways Navro‘z va Ramazon Hayiti munosabati bilan 15% gacha chegirma e’lon qilgandi.