ITPU — amaliy IT ta’limga yo‘naltirilgan va sohaning real vazifalari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan universitet. Asosiy e’tibor IT sohasida karerani boshlash va yuksaltirish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Qabul kampaniyasi doirasida bakalavriat va magistratura dasturlariga qabul ochildi. Bu yo‘nalishlar sohadagi asosiy vazifalarni qamrab oladi: dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, kiberxavfsizlik, IT loyihalarni boshqarish va biznes vazifalarida sun’iy intellektni qo‘llash.

Bakalavriat dasturlari

Bakalavriat dasturlari ikki yo‘nalishda mavjud: Dasturiy injiniring va Kiberxavfsizlik.

Dasturiy injiniring yo‘nalishi dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasida rivojlanishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Dastur beshta o‘quv yo‘nalishini o‘z ichiga oladi: Front-End Development, Back-End Development, Full-Stack Development, Mobile Development va Automated Testing.

Kiberxavfsizlik — tizimlar, tarmoqlar va ma’lumotlarni himoyalash bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun yo‘nalish. Dastur asosiy va qo‘shimcha ta’lim trayektoriyalarini o‘z ichiga oladi. Bu esa bazaviy tayyorgarlikni shakllantirish va ixtisoslik sohasini tanlash imkonini beradi.

Qanday ariza topshiriladi?

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun qabul platformasida ro‘yxatdan o‘tib, qulay vaqtni tanlash mumkin.

Bakalavriat uchun kirish imtihonlari

Bakalavriatga qabul ingliz tili va matematika fanlaridan o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Magistratura dasturlari

IT Park University`da magistratura dasturlari uchta yo‘nalishda mavjud: Dasturiy injiniring, Axborot xavfsizligi hamda IT loyihalarni boshqarish va sun’iy intellekt.

it park university, реклама

Dasturiy injiniring — dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida rivojlanishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Dastur o‘z ichiga uchta ta’lim yo‘nalishini oladi: Solution Architecture, Cloud and DevOps, Data Engineering & AI.

Axborot xavfsizligi — bu uchta mutaxassislikdan birini tanlash imkonini beruvchi dastur: Cybersecurity Architecture, Cybersecurity Management va Cybersecurity Consulting.

IT loyihalarni boshqarish va Sun’iy intellekt — loyiha va mahsulotlarda boshqaruv yondashuvlari hamda sun’iy intellekt vositalarini qo‘llashning uyg‘unligidir.

Qanday ariza topshiriladi?

O‘qishga ariza topshirish uchun qabul platformasida ro‘yxatdan o‘tib, tanlagan dastur bo‘yicha arizani to‘ldirish mumkin.

Magistratura uchun kirish imtihonlari

Magistraturaga qabul ingliz tili bo‘yicha test va suhbat asosida amalga oshiriladi.

Arizalar qabuli boshlandi — dasturini tanlash va IT sohasidagi karera sari ilk qadamni qo‘yish mumkin

Dasturlar haqida batafsil ma’lumot olish va hujjat topshirish uchun havola orqali o‘tish mumkin.

Telefon: (+998) 55−520−40−00.

Sayt: itpu.uz
Facebook: fb.com/itpu.uz
Instagram: @itpu_uz
Telegram: t.me/itpu_uz
LinkedIn: linkedin.com/itpu

Reklama huquqlari asosida.