Toshkentda tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay, kripto-aktivlar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
22 va 24 yoshli M.A va hamda Z.B. lar Shayxontohur tumanidagi yashash manzilida qo‘shimcha qurilmalar va dasturiy vositalar yordamida ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sayt ochgan.
Ular 2025-yilning iyulidan 2026-yilning yanvarigacha 793 ming USDT (9,7 mlrd so‘mlik) kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirib kelgan.





Gumonlanuvchilardan 1 dona kompyuter jamlanmasi, 22 dona uyali telefon apparatlari, 3 dona SIM karta, 229 dona turli banklarga tegishli plastik kartalar rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278−8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mart oyida Buxoro viloyatida 3,5 mlrd so‘mlik kriptovalyuta aylanmasini amalga oshirgan shaxs ushlangandi.
Spot, avvalroq, O‘zbekistonda tashqi va chakana savdoda kriptovalyuta to‘lovlari sinovdan o‘tkazilayotgani haqida yozgandi.




