Apple “iPhone'ning butun tarixi davomidagi eng keng ko‘lamli yangilanishi” ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg muxbiri Mark Gurman xabar berdi.
Xususan, u uzoq vaqtdan beri muhokama qilinayotgan buklama iPhone hamda kompaniyaning 20 yilligiga bag‘ishlab chiqarilishi kutilayotgan, butunlay romsiz dizayndagi ambitsiyali iPhone modelini nazarda tutmoqda.
Apple bosh direktori Tim Kukdan so‘ng asosiy nomzod sanalgan kompaniyaning apparat ta’minoti bo‘yicha vitse-prezidenti Jon Ternus Ternus mazkur loyihalar ishlamoqda.
Jumlasan, u iPhone tarixidagi eng yirik yangilanishga, buklama model hamda 2027-yilda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan, ekrani chekkadan-chekkagacha bo‘lgan versiyaga rahbarlik qilmoqda.
Agar shunday qurilma umuman taqdim etilsa, Apple buklama iPhone’ni shu yil sentabr oyida, kompaniyaning yubiley iPhone’ni esa kelasi yili debyut qilishi kutilmoqda.
Apple ilk iPhone’ni 2007-yil yanvar oyida taqdim etgan, kelasi yili ushbu afsonaviy qurilmaga 20 yil to‘ladi.
Avvalroq Gurman Apple Ultra toifasidagi uchta premium qurilmani tayyorlayotganida ma’lum qildi.
Ultra sinfidagi buklanadigan iPhone, kamerali AirPods va OLED-ekranli MacBook joriy yilda taqdim etilishi mumkin.
Shuningdek, Bloomberg Apple Face ID o‘rniga Touch ID’ga ega buklama iPhone’ni chiqarishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, u qulfdan chiqarish uchun 2022-yilda voz kechilgan texnologiyadan foydalanilgan birinchi smartfon bo‘ladi.