Qozog‘iston bilan chegaradagi Sirdaryo bojxona posti orqali yengil avtotransport vositalari va fuqarolar harakati tiklandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Qozog‘istonning Atameken chegara bojxona postida qurilish ishlari yakunlangan.

Endi fuqarolar uchun chegaradan o‘tish jarayonlari yana-da yengillashtirilib, qulay va tezkor harakatlanish imkoniyati yaratildi.

Fuqarolardan chegara bojxona posti orqali harakatlanishda belgilangan tartib-qoidalarga qat‘iy rioya qilish so‘raldi.

O‘tgan yilning iyunida Qozog‘iston bilan chegaradagi Sirdaryo (Atameken) chegara bojxona fuqarolar va avtomobillar uchun ochilishi aytilgandi.

Dekabrda G‘ishtko‘prik chegara posti 2026-yilning iyulidan oldin ochilmasligi haqida xabar berilgan edi.

Spot, avvalroq, fuqarolar bojxona deklaratsiyalarini ilova orqali elektron topshirishlari mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi.