OpenAI kompaniyasi kutilmaganda Sora sun’iy intellektga asoslangan video yaratish ilovasini yopishga qaror qildi, deya xabar bermoqda 9to5Mac.
Neyrotarmoq turli mavzulardagi videolarni deyarli cheklovlarsiz yaratish imkonini berdi, bu esa matnli ko‘rsatmalardan generatsiya jarayonini juda osonlashtirdi.
Mahsulot ChatGPT chat-botidan farqli o‘laroq, Sora xuddi shunday mashhurlikka erisha olmadi, natijada ishlab chiquvchilar xizmatni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini e’lon qildi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, Sora doim professional vositadan ko‘ra ko‘proq namoyishiy o‘yin-kulgi sifatida qabul qilingan.
Shunga qaramay, loyiha amerikalik tadbirkor Bob Aygerni Disney bilan ehtimoliy hamkorlik nuqtai nazaridan qiziqtira oldi. Biroq g‘oyaning qanchalik hayotiy ekanini tekshirib ko‘rishning imkoni bo‘lmadi — kelishuv amalga oshmay qoldi.
Kompaniya Disney bilan $1 mlrdlik kelishuvni bekor qiladi, deb yozadi FT. Kelishuv doirasida Sora’da Disney, Marvel, Pixar va “Yulduzlar jangi” qahramonlari paydo bo‘lishi kerak edi. Gazetaning qayd etishicha, Sora past talab va “murakkab iqtisodiy sharoitlarga” duch kelgan.
WSJ’ning yozishicha, bu qadam OpenAI biznesini bo‘lajak IPO oldidan dasturlash vositalariga qayta yo‘naltirishning bir qismidir.
Kompaniya Sora’ni o‘chirib qo‘yishdan tashqari, ChatGPT’dagi video generatsiya qilish funksiyalaridan ham voz kechadi.
OpenAI 2024-yil fevralda Sora video generatorini taqdim etdi. 2025-yil sentabrda esa Sora 2 va iOS uchun ilovani chiqardi. Dastlab undan foydalanishga taklifnomalar orqali ruxsat berilgan, keyinroq bu tartib bekor qilingan.
Avvalroq Spot OpenAI GPT-5.3 Instant sun’iy intellekt yordamchisini chiqargani haqida yozgandi.
Bu model chat-botning foydalanuvchilar bilan yanada tabiiyroq muloqot qilishiga yordam beradi.