E’tibor qarating: ma’lumotlar e’lon qilingan paytda dolzarb bo‘lgan banklarning rasmiy veb-saytlaridagi ma’lumotlardan foydalanildi. Ipoteka shartlari ko‘plab omillarga bog‘liq. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


O‘zbekiston banklarida ipotekaning ikki turi mavjud: davlat dasturi asosida beriladigan ipoteka va oddiy ipoteka. Shu bilan birga, qator banklar o‘z va hamkorlikdagi ipoteka dasturlarini ham taklif etmoqda.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka faqat foydalanishga topshirilgan yangi qurilgan binolardagi kvartiralarga beriladi. Oddiy ipoteka esa birlamchi va ikkilamchi uy-joylarga ajratiladi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka maqbulroq, chunki yillik foiz stavkalari 17−20% oralig‘ida bo‘lib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Biroq bunday kreditlarning miqdori cheklangan. Ikkinchi holatda esa kredit miqdori cheklanmagan, ammo foiz stavkasi ancha yuqori, chunki bunday kreditlar bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda ba’zan imtiyozli davr ham beriladi va u ikki oydan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt mobaynida qarzdor kredit bo‘yicha faqat foizni to‘lab turishi va qarzning asosiy qismini to‘lamasligi mumkin.

18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ipoteka krediti olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Kam ta’minlanganlar uchun 30 mln so‘mgacha subsidiya ko‘zda tutilgan bo‘lib, u boshlang‘ich to‘lovni qoplash uchun ishlatilishi mumkin. Bunday subsidiyalar uchun arizalarni qabul qilish 16-martdan boshlangan.

Ipotekani rasmiylashtirish

Bank bo‘limiga birinchi marta borishdan avval kamida oxirgi 6 oydagi daromadlar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlash kerak. U bank xodimi bilan maslahatlashish vaqtida kredit qanday shartlar asosida ajratilishini aniqlash imkonini beradi.

Agar kreditni uzishga mablag‘ yetmaydigan bo‘lsa, hamkor jalb etish mumkin. Ariza beruvchi boshqa kredit bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, banklar tomonidan qarz yukining umumiy darajasi — daromadlar va joriy kredit majburiyatlarining nisbati ham hisobga olinadi.

Agar ipoteka shartlari qarz oluvchini qoniqtiradigan bo‘lsa, navbatdagi qadamga, ya’ni uy tanlash, uy quruvchi yoki mulk egasi bilan dastlabki shartnoma tuzish, mustaqil baholash o‘tkazish va boshqa hujjatlar to‘plashga o‘tish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza;
  • pasport yoki ID karta (arizachi va uning hamkoriniki);
  • daromad to‘g‘risidagi ma’lumot (arizachi va uning hamkoriniki);
  • uy-joy oldi-sotdi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma;
  • kadastr hujjatlari.

Kredit uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati bankning ichki siyosatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Bank hujjatarni ko‘rib chiqib, arizani ma’qullagandan so‘ng qarzdor va bank o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bu hujjat asosida uy xaridor nomiga rasman rasmiylashtiriladi, sug‘urta qilinadi va bankka garov rasmiylashtiriladi. Shundan keyingina quruvchi (yoki sotuvchining bank kartasiga) hisobiga pul o‘tkaziladi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka

Davlat dasturi bo‘yicha eng yuqori foiz stavkalari Asakabank, Turonbank, Trastbank va Biznesni rivojlantirish banki’da taklif etiladi — yillik 18%. Biroq o‘zini o‘zi band qilganlar va rasmiy daromadga ega bo‘lmagan mijozlar uchun shartlar farqlanishi mumkin: foiz stavkasi va boshlang‘ich to‘lov miqdori yuqoriroq bo‘ladi. Aniq shartlar bank tomonidan har bir mijoz uchun alohida belgilanadi.

Davlat dasturi bo‘yicha ipotekada maksimal summa Toshkentdagi uylarga 480 mln so‘m berilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatdagilarga esa 380 mln so‘mni tashkil qiladi.

Agar kredit summasi yetarli bo‘lmasa, ba’zi banklar o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha kreditlashni taklif qiladilar.

Bank
Foiz stavkasi
Agrobank
17%
Asia Alliance Bank
17%
Aloqabank
17%
Asakabank
18%
Biznesni rivojlantirish banki
17,5%-18%
Ipotekabank
17,50%
Mikrokreditbank
17%
Xalq banki
17−18%
O‘zmilliybank
16,5*-17%
Orient Finans bank
17%
O‘zsanoatqurilishbank
17%
Hamkorbank
17−17,5%
Ipak Yuli Bank
16,5−17,5%
Trastbank
17−18%
Turonbank
18%

Pasaytirilgan stavkalar bilan ipoteka

2025-yil mart oyida prezident Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan hamkor tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlari to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Ushbu dastur faqat birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun mavjud.

Kreditlash muddati 20 yil, lekin Aloqabank’da bu dastur bo‘yicha 10 yil muddatga kredit beradi. Uy-joy sotib olish uchun ajratilаdigan eng yuqori summa Toshkent shahrida 800 mln so‘mni, Qoraqalpog‘iston va boshqa hududlarda esa 500 mln so‘mgacha yetadi.

Ipotekabank, Hamkorbank, Turonbank va Infinbank’da uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov 26%ni, jadvalda keltirilgan boshqa banklarda esa 25%ni tashkil etadi.

Eng yuqori foiz stavkasi Aloqabank’da 28%ni tashkil etsa, eng past stavka Asakabank’da 17,5%dir.

Bank
Foiz stavkasi
Hamkorbank
20%
InfinBank
23,99%
Orient Finans Bank
19%
Agrobank
19,99%
Asakabank
17,5−18%
Ipotekabank
19,5%
Xalq banki
25%
Turonbank
20%
Aloqabank
28%
Trastbank
19,5−20%
O‘zsanoatqurilishbank
19%

Oddiy ipoteka

Oddiy ipoteka kreditlari 24 ta bank tomonidan beriladi. Foiz stavkalari yillik 23% dan 32% gacha, qaytarish muddatlari esa 5 yildan 20 yilgacha.

Bir qator banklar, jumladan Agrobank, Asia Alliance Bank, Aloqabank, Poytaxt bank va Xalq banki 3 oydan 18 oygacha bo‘lgan imtiyozli davrni taklif qilmoqda.

Openbank oddiy ipotekani emas, balki uy-joy sotib olish uchun bo‘lib to‘lash imkoniyatini taklif etadi. Ushbu modelda mijoz ikkilamchi bozordan uy-joyni tanlaydi, shundan so‘ng bank sho‘ba korxonasi orqali uni sotuvchidan sotib oladi va bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartnomasi asosida xaridorga rasmiylashtiradi. Shunday qilib, mulk huquqi darhol o‘tadi, to‘lov esa bosqichma-bosqich — oddiy ipoteka kreditisiz amalga oshiriladi.

Bunday muddatli to‘lov 2 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Miqdorni oshirish uchun besh nafargacha qo‘shimcha qarz oluvchini jalb qilish mumkin. Rasmiylashtirish bankning mobil ilovasi va ERI orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

BankFoiz stavkasiBoshlang‘ich to‘lov
MuddatiBozor
Agrobank
23,99%*
40%
15 yil
birlamchi/ikkilamchi
24,99%
25%
Asia Alliance Bank
26%
26%
15 yil
birlamchi/ikkilamchi
30%*
Asakabank
27%
25%
10 yil
ikkilamchi
Aloqabank
24%
20%
20 yil
birlamchi/ikkilamchi
Biznesni rivojlantirish banki
24,5−26%
20%
20 yil
birlamchi/ikkilamchi
Orient Finans Bank
23,99%
35%
20 yil
birlamchi
24,99%
25%
Davrbank
25,99%
20%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
28,99%
10−30%
Garant bank
26%
45%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
27%
35%
28%
25%
30%*
50%
Hamkorbank
27%
26%
10 yilgachabirlamchi/ikkilamchi
28%*
40%

29%*
30%

InfinBank
27,99%
26%
10 yilbirlamchi/ikkilamchi
28,99%
15 yil
Ipotekabank
22,5−23%
20%
20 yilgacha
birlamchi/ikkilamchi
22,5−23%*
30%-50%
26,99%*
Ipak Yuli Bank
23%
50%
7 yilbirlamchi/ikkilamchi
23,9%
25%
24,9%
10 yil
Poytaxtbank
28%
25%
5 yil
birlamchi/ikkilamchi
30%
7 yil
32%
10 yil
Saderatbank
28%
30%
7 yilgacha
birlamchi/ikkilamchi
Tenge Bank
23,90%
50%
15 yilgacha
birlamchi
24,90%
25%
Xalq Banki
24%
25%
15 yil
birlamchi/ikkilamchi
40%*
Ziraat Bank Uzbekistan
23,5%
25%
5 лет
birlamchi/ikkilamchi
24%
26%
7 лет
25%
28%
10 лет
O‘zmilliybank
24%
40%
20 yil
birlamchi
25%
30%
26%
25%
O‘zsanoatqurilishbank
23,5%
20%
15 yil
birlamchi/ikkilamchi
21%
20%
20 yil
birlamchi
30%
ikkilamchi
Kapitalbank
26%
20−25%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
24%
25% dan ortiq
25%*
30%
Mikrokreditbank
24−26%
25%
20 yilgacha
ikkilamchi
Trastbank
25%
20%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
26%*
25%
Turonbank
26%
20−30%
10 yil
birlamchi/ikkilamchi
Universal bank
26%
25%
10 yil
ikkilamchi

* — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun stavka.