$24 mlrdgacha buyurtma va 1 mingta ish o‘rni: Rossiya O‘zbekistondagi kichik AES loyihasidan nima oladi?

Qurilish bosqichida kiritilgan har bir rubl uchun investitsiyalarning qaytimi 1,5 rubl darajasida baholanmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


“10−15 mln so‘mga tushdik”: tadbirkorlar Toshkentda peshlavhalarning demontaj qilinishi haqida. Video

Spot o‘tkazgan so‘rovda ayrim tadbirkorlar ogohlantirish bo‘lganini aytgan bo‘lsa, boshqalari demontaj ishlari ogohlantirishsiz amalga oshirilganini bildirdi. Ularning fikricha, peshlavhalarning olib tashlanishi qo‘shimcha xarajatlar va mijozlar oqimining kamayishiga sabab bo‘lmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda islomiy bankni joriy etish bo‘yicha qonun qabul qilindi

Hujjat islomiy moliya operatsiyalarining olti turini belgilaydi va uch oydan keyin kuchga kiradi.

hafta yakuni, yangiliklar


Banklardagi ipoteka kreditlari. 2026-yil mart oyi bo‘yicha

Mavjud 34 ta bankdan 24 tasida ipoteka krediti olish mumkin bo‘lib, o‘rtacha stavka 26%ni tashkil etadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonga kirishi uchun shaxsiy maʼlumotlarga oid qonun o‘zgartirildi

Qonun bilan ayrim shaxsga doir ma‘lumotlarni O‘zbekistonda saqlash majburiy etib belgilandi, qolganlari esa chet elda qayta ishlanishi mumkin.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. 1-oktabrdan Toshkent va tutash hududlarda yangi issiqxona tashkil etish cheklanadi
    Issiqxonalarni quyosh nurlanishi yuqori va iqlimi qulay hududlarga, xususan Surxondaryoga bosqichma-bosqich ko‘chirish taklif qilinmoqda.
  2. O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqamlarni sotib olish uchun yangi mobil ilova ishga tushdi
    Platforma orqali bo‘sh kombinatsiyani tanlash, uni band qilish va onlayn xarid qilish mumkin.
  3. O‘zbekistondagi ilk AES maydonchasida dastlabki beton quyildi
    Loyiha doirasida hozir reaktor binosi ostiga beton asos tayyorlanmoqda, ushbu bosqichni 2026-yil aprelida yakunlash rejalashtirilgan.
  4. Toshkentdan Nurafshongacha tezyurar BRT avtobus yo‘nalishi ochiladi
    Uzunligi 19 km bo‘lgan va 9 ta bekatni o‘z ichiga olgan ushbu yo‘nalishni 2028-yil oxirigacha qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Loyiha qiymati qariyb $120 mlnga baholangan.
  5. Banklardan $500 gacha valyutani pasportsiz sotib olishga ruxsat berilishi mumkin
    Qaror loyihasi bilan, pasportsiz valyuta xarid qilish limiti $100 dan $500 gacha oshirilishi rejalashtirilmoqda.
  6. 2026-yilda kamida bitta bankda islomiy “darcha” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
    2030-yilgacha to‘liq islomiy bank faoliyatini amalga oshiradigan ikkita bank tashkil etish rejalashtirilmoqda.
  7. O‘zbekistonda P2P-o‘tkazmalarining maqsadini ko‘rsatish bo‘yicha talab bekor qilindi
    Ayrim ilovalarda kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalar maqsadini ko‘rsatish talab qilinayotgandi. Markaziy bank bu funksiya ixtiyoriy ravishda joriy etilayotganini ma‘lum qilgan edi.
  8. Dollar banknotalarida Trampning imzosi paydo bo‘ladi
    AQSH G‘aznachilik departamentining ma’lum qilishicha, bu Amerika pullariga amaldagi prezident imzosi qo‘yilgan ilk holat bo‘ladi.
  9. San‘atkorlardan har bir to‘y yoki konsert uchun soliq undirish rejalashtirilmoqda
    Ijrochilar va ijodiy jamoalarning faoliyati bilan bog‘liq barcha xizmatlar Soliq mobil ilovasida ro‘yxatga olinadi.
  10. Abdulla Aripov 2026-yilda O‘zbekistonda sun‘iy yo‘ldosh interneti ishga tushirilishini ma‘lum qildi
    Bosh vazir mamlakatda keng polosali internet qamrovi allaqachon 41% dan 99,5% gacha oshganini aytdi.