Telegram’ning iOS uchun rasmiy ilovasi interfeysini tarjima qilish bo‘yicha takliflar bazasida suhbatdoshning norasmiy kliyentdan foydalanayotgani haqida ogohlantiruvchi matnlar paydo bo‘lgan. Bu haqda Telegram Info nashri yozmoqda.
“Bu foydalanuvchi Telegram’ning norasmiy mijozidan foydalanmoqda. Bu u bilan yozishmalar xavfsizligini pasaytirishi mumkin”, — deyiladi misollardan birida.

Nashrning fikricha, bu yangilik Telega nomli norasmiy mijozning ommalashayotgani va uning foydalanuvchilar trafigini ushlab qolayotgani haqidagi xabarlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Biroq Telegram bu funksiyani qachon qo‘shishni rejalashtirayotgani hozircha noma’lum.
23-mart kuni anonim tadqiqotchilar hisobot e’lon qildi. Unda aytilishicha, Telega boshqa amallar qatorida Telegram’ning ma’lumotlar markazi manzillarini o‘z serverlariga almashtirib qo‘yadi, shuningdek, rasmiy ilovada bo‘lmagan qo‘shimcha RSA-kalitdan foydalanadi.
Ogohlantirish messenjerning boshqa norasmiy mijozlariga ham tegishli bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha aniq emas.
Avvalroq Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etilgani haqida xabar berilgandi.
Xususan, shaxsiy chatlarda nusxa olishni taqiqlash, guruhlardagi a’zo teglari, suratlardan stikerlarni darhol yaratish hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.